“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Foto: Twitter

Germaniyalik mutaxassisdan tashqari, ushbu mukofotni qo‘lga kiritish uchun Frenk Lempard (“Chelsi”), Brendan Rojers (“Lester”) va Kris Uaylder (“Sheffild Yunayted”) da’vogarlik qilgandi.

“Liverpul” yakuniga yetgan mavsumda Yurgen Klopp qo‘l ostida 30 yillik tanaffusdan keyin ilk bor Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, avvalroq “qizillar” himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Premyer Liganing 2019/20-yilgi mavsumdagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!