“Barselona” klubi Angliyaning “Lester” jamoasi himoyachisi Chag‘lar Soyunjuning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
NTV Spor xabariga ko‘ra kataloniyaliklar Turkiya terma jamoasining 24 yoshli himoyachisi uchun “tulkilar”ga rasmiy taklif yuborgan. Ma’lum bo‘lishicha, “Barselona” Soyunju uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor.
Agar klublar kelishuvga erishsa, Chag‘lar “Barselona” bilan 5 yillik bitimga imzo chekadi.
Ma’lumot uchun, futbolchining “Lester” bilan amaldagi bitim 2023-yil 30-iyunida yakuniga yetadi. Himoyachi Angliya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsumida bitta gol urib, bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona”ning “San-Paulu” klubidan 19 yoshli Gustavo Mayyani sotib olgani haqida xabar berilgandi.
Gustavo Mayya kim? U yangi Neymar bo‘ladimi? Unda ushbu rolikni tomosha qiling (video)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)