Futbol bo‘yicha Yervopa Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 6-avgust, payshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: EUFA

Kunning markaziy o‘yini “Sevilya” va “Roma” jamoalari o‘rtasida kechdi. 22-daqiqada Serxio Regilon rimliklar jarima maydoniga yorib kirib, darvozani aniq nishonga oldi. Bo‘lim yakunlanishi arafasida Yussef an-Nesiri Lukas Okamposning uzatmasidan keyin ispanlarning ikkinchi golini urdi.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yin koronavirus sabab qoldirilgandi, shu sabab keyingi bosqich taqdiri bitta o‘yinda hal bo‘ldi.

Parallel bahsda “Bayer” jamoasi o‘zida Glazgoning “Reynjers”ini qabul qildi. Mussa Diabi tomonidan kiritilgan yagona gol nemis klubiga g‘alaba olib keldi. Levekuzenliklar ilk uchrashuvda ham g‘alabaga erishgandi (3:1).

“Sevilya” keyingi bosqichda “Vulverhempton” — “Olimpiakos” uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashsa, “Bayer” “Inter” bilan o‘ynaydi.

Yevropa Ligasi

1/8 final

6-avgust, payshanba

“Sevilya” Ispaniya — “Roma” Italiya 2:0

Gollar: 1:0 – 21 Regilon, 2:0 – 44 an-Nesiri.

“Sevilya”: Bunu, Kunde, Navas, Regilon, Diyego Karlos, Fernando, Banega, Suso (Munir, 68), Jordan, Okampos, an-Nesiri (de Yong, 90).

“Roma”: Lopes, Spinatssola, Kolarov (Vilyar, 78), Manchini, Bruno Peres, Mxitaryan, Diavara (Karles Peres, 57), Zaniolo (Pellegrini, 57), Kristante, Rojer, Jeko.

Ogohlantirishlar: Kolarov (45), Diyego Karlos (61), Pellegrini (86), Jordan (90).

Chetlatish: Manchini (90+10)

“Bayer” Germaniya — “Reynjers” Shotlandiya 1:0

Gol: 1:0 – 51 Diabi.

Ilk o‘yin: 3:1

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!