Toshkent shahri Sergeli tumanida istiqomat qiluvchi Sh.K. o‘z mahalladoshidan 200 ming AQSh dollarini aldov yo‘li bilan olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan, deb yozmoqda “Postda”.

Qayd etilishicha, Sh.K. o‘zining mahalladoshi N.Y.dan unga Rossiyadan VAZ rusumli avtomashinalarning ehtiyot qismlarini olib kelib berishini va’da qilib, 200 ming AQSh dollarini sanab oladi.

Oradan ancha vaqt o‘tib, kelishilgan muddat tugashiga qaramay Sh.K na ehtiyot qismlarni, na pullarni egasiga qaytargan. Shundan so‘ng jabrlanuvchi ariza bilan tuman ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.

Ma’lum qilinishicha, pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan mazkur shaxs qonun oldida javob bermoqda.