• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    To‘yimli yillar: semizlik va poraxo‘rlik o‘rtasida bog‘liqlik topildi

    U yoki bu amaldorning poraxo‘rligini ko‘z bilan aniqlash oson ish emas. Korrupsiya tabiatan maxfiy bajariladi. Biroq Fransiyaning Monpelye universitetidan Pavlo Blavatskiy boshliq olimlar jamoasi o‘tkazgan yangi tadqiqot siyosatchilarning tana massasi indeksi va ularning korrupsiyaga moyilligi o‘rtasida qiziq bog‘liqlik borligini aniqlashdi, deb xabar beradi “Kun.uz”.

    Foto: Press.lv

    Olimning tushuntirishicha, uning jamoasi 15 ta sobiq Sovet respublikalaridagi (Armaniston, Belarus, Gruziya, Latviya, Litva, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Estoniya, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston) 299 nafar amaldorga diqqatni jamlashgan — ularning ismlari oshkor etilmayapti. Blavatskiy bu siyosatchilarning tibbiy kartasini qo‘lga kirita olmagan, shu sababli u ularning fotosuratlarini (2017-yilgi) kompyuter nazariy algoritmi yordamida tahlil qilib, ularning tana massasi indeksi (TMI)ni (Transparency International, World Bank, Index of Public Integrity va boshqalarning indekslari va ma’lumotlariga ko‘ra) umum qabul qilingan korrupsiyalashganlik mezonlari bilan solishtirgan.

    Olimlarning aniqlashicha, yuqori martabali mansabdorlarning fotosuratlariga qarab ham latent siyosiy korrupsiyalashganlikni aniqlasa bo‘lar ekan.

    Umuman olganda, tadqiqotda “ishtirok etgan” barcha amaldorlarning TMIsi yuqori chiqdi, deb hikoya qiladi Blavatskiy. 299 kishidan 96 nafarida (32 foizida) TMI 35-40ga teng bo‘ldi (bu jiddiy, keskin semirganlikni bildiradi). Xususan, bu O‘zbekistondagi amaldorlarining 24 nafaridan 13 nafarida (54 foiz), Tojikiston amaldorlarining 18 nafaridan 8 nafarida (44 foiz), Ukraina amaldorlarining 24 nafaridan 10 nafarida (42 foiz) kuzatilgan. Yana 13 nafar amaldorda (4 foiz) TMI 40 dan ham o‘tgan: fotosuratlarga ko‘ra, Qozog‘istonning 20 amaldoridan 3 nafari (15 foiz), Ukrainaning 24 amaldoridan 2 nafari (8 foiz) nihoyatda semirib ketgan bo‘lib chiqqan. Normal vazn (TMI 18,5 dan 25 gacha) Ozarbayjon, Estoniya, Gruziya, Qozog‘iston, Latviya, Litva, Ukraina va O‘zbekistonda bir nafardan jami 10 nafar amaldorda (3 foiz) kuzatilgan. Blavatskiyning ma’lumotlariga ko‘ra, amaldorlarning birortasi me’yordan kam (TMI 18,5 dan past) vaznga ega bo‘lmagan.

    Eslatib o‘tamiz, TMIni inson salomatligining ideal indikatori deb atab bo‘lmaydi, indeks ko‘rsatkichlari talqinini faqat taxminiy baholashda ishlatish mumkin.

    Foto: Korrupsiya o‘zlashtirish indeksi (2017) va vazirlarning o‘rtacha TMIsi o‘rtasidagi bog‘lanish

    Foto: Korrupsiya o‘zlashtirish indeksi (2017) va vazirlarning o‘rtacha TMIsi o‘rtasidagi bog‘lanish
    Grafik: eurasianet.org

    Transparency International, Jahon banki, Yevropaning korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat qurilishi markazi, Demokratiya va saylovlarga ko‘mak berish xalqaro instituti va Bazel instituti indekslariga ko‘ra, bu 15 mamlakat ichida korrupsiya darajasi pastlari Boltiqbo‘yi davlatlari (Estoniya, Latviya, Litva) hamda Gruziya hisoblanadi. Blavatskiyning tadqiqoti esa bu davlatlardagi amaldorlarda TMI darajasi past ekanini ham ko‘rsatib turibdi. Lekin an’anaviy tarzda eng korrupsiyalashgan hisoblanib kelinadigan Markaziy Osiyo davlatlarida (TMIga ko‘ra) eng semiz amaldorlar borligi aniqlangan.

    Ukraina negadir qoidadan tashqarida. U yerda vazirlar o‘rtacha olganda Tojikistondagiga ko‘ra semizroq. Olimlar korrupsiya indeksi tuzuvchilar Tojikistonga nisbatan adolatsizlik qilingan, Ukrainaga esa beixtiyor yon bosilgan, degan taxminda. “Xorijiy ekspertlar korrupsiya darajasi nisbatan past bo‘lgan qo‘shnilar bilan o‘rab olingan Ukrainadagi siyosiy korrupsiya darajasiga yetarli tarzda baho bera olmagan bo‘lishi mumkin, yuqori darajada korrupsiyalashgan davlatlar bilan chegaradosh Tojikistonda esa aksincha”, — deb hisoblaydi Blavatskiy.

    Shunday qilib, olimlarning xulosasi quyidagicha: u yoki bu mamlakatda vazirlarning o‘rtacha TMIsi qanchalik yuqori bo‘lsa, korrupsiya darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

    “Siyosatchilarning jismoniy xarakteristikalari, misol uchun, ularning TMIsidan ularning korrupsiyalashganini bilvosita baholashda foydalanish mumkin bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. Oliy hokimiyat esheloni vakillarining real xarajatlarini nazorat qilishning imkoni bo‘lmaganida, mana shu bilvosita ko‘rsatkichlarga murojaat qilish mumkin — biz bu ko‘rsatkichlarning korrupsiyaning umum qabul qilingan mezonlari bilan juda bog‘liqligini ko‘rdik”, — deb yozadi olim.

    Lekin bu Blavatskiy jamoasi tomonidan chiqarilgan yagona xulosa emas. Ular vazirlar TMIsi hamda mamlakatdagi umumiy TMI o‘rtasida garchi juda kichik bo‘lsa-da, teskari korrelyatsiya borligini ham aniqlashdi. Ya’ni amaldorlar qanchalik semiz bo‘lsa, aholi shunchalik oriqroq, binobarin, korrelyatsiya mamlakatda qabul qilingan oziqlanish rejimi yoki butun millatning salomatlik darajasiga bog‘liq emas. Masalan, Boltiqbo‘yi davlatlarida amaldorlar asosiy aholiga nisbatan semiz emas.

    “Qoida”dan og‘ishning boshqa ko‘rinishlari ham bor. Masalan, Armanistonda (2018-yilgi) “baxmal inqilob” tufayli hokimiyat tepasiga ancha xushbichim hukumat a’zolari keldi — bu mamlakatning korrupsiya indeksidagi holatini yaxshilashi kerakdek edi. Biroq 2018-yilda Transparency International Armanistonni reytingda o‘z o‘rnida qoldirdi va mamlakat hozircha korrupsiyani yenga olgani yo‘q, deb hisobladi (biroq 2019-yilda mamlakat 105-o‘rindan 77-o‘ringa ko‘tarildi, bu mamlakat tarixidagi eng katta yuqorilash bo‘ldi). Bu ziddiyat va “kechikish”ni Blavatskiy ko‘rsatkichlarni dinamika orqali tushunish kerakligi bilan tushuntiradi.

    Bu olimlarning korrupsiya va qandaydir obyektiv belgilar o‘rtasida korrelyatsiya topishga bo‘lgan urinishlarining birinchisi ham, so‘nggisi ham emas. Masalan, 2018-yilda Xitoyga qimmatbaho Shveysariya soatlarining importi va mahalliy siyosatchilarning korrupsiyalashgani o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlagan xitoylik olimlarning tadqiqoti e’lon qilingandi. Tadqiqotda korrelyatsiya shundoqqina ko‘zga tashlanib turardi — 1993-yildan 2013-yilgacha pora o‘rnida berilishi odat tusiga kirgan qimmatbaho soatlar importi hokimiyat qo‘ldan qo‘lga o‘tayotgan chog‘da keskin oshgan, bu esa yaqqol korrupsiyadan nishona edi. 2013-yildan ijtimoiy tarmoqlar rivojlana turib, ularda mamlakatning korrupsiyaga qarshi siyosati qat’iylashtirilishi talab qilina boshlagach, soatlar ko‘zga tashlanmay qolgan. Hongkong, Singapur va AQShda esa bunday bog‘liqlik umuman ko‘zga tashlanmagan.

    Avvalroq braziliyalik va yevropalik olimlar tomonidan Braziliyada 1987-yildan 2014-yilgacha bo‘lgan siyosiy mojarolar tarixi tahlil qilingan edi. Boshqa narsalardan tashqari, olimlar korrupsionerlar kichik-kichik guruhlarga birlashishni istashlarini aniqlashgan. Xullas, masala o‘zining hozirgi kundagi ahamiyatini aslo yo‘qotgani yo‘q, hali bizni ko‘plab qiziqarli ilmiy ishlar kutib turgan bo‘lsa ajab emas.

    03.08.2020, 19:08   Izoh (0)   20985
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar inson organizmi immun tizimining koronavirusga qarshi xavfli reaksiyasini aniqladi

    03.08.2020, 14:29

    Olimlar inson miyasidan yoqimsiz xotiralarni “o‘chirib tashlash” usulini topdi

    31.07.2020, 14:41

    Koronavirus dengiz suvida qancha vaqt yashashi aniqlandi

    31.07.2020, 07:38

    Avstraliyalik ayol dengiz qirg‘og‘ida tuxumga o‘xshash sirli jonzotga duch keldi

    30.07.2020, 16:59

    Olimlar Yer yuzida yangi muzlik davri qachon boshlanishini ma’lum qildi

    29.07.2020, 17:36

    Xitoyda yuragi uch kun davomida urmagan qiz omon qoldi

    29.07.2020, 15:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    34 yoshli ayol 24 soat ichida turnikda tortilish bo‘yicha Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Dunyo | 3 iyun, 00:00

    “Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashuvga tayyor” — Oq uy matbuot kotibi

    Dunyo | 2 iyun, 23:45

    “Ukraina o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishni talab qilmoqda” — Vladimir Zelenskiy

    Dunyo | 2 iyun, 23:30

    Parijda Makronning haykali o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 2 iyun, 23:15

    Yaponiya 10 ming nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:58

    Istanbulda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Nimalarga kelishildi?

    Dunyo | 2 iyun, 22:40

    Yamal “Oltin to‘p” haqida gapirdi

    Sport | 2 iyun, 22:28

    Namanganda Onix lyukidan tanasini chiqarib harakatlangan qiz uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyun, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.