“Ufa” klubi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov transferi borasida takliflar olishda davom etmoqda.

Foto: Twitter

Ostonni sotib olishi kutilayotgan “Spartak” klubi bosh direktori Shamil Gazizovning aytishicha, “Ufa” 19 yoshli futbolchi transferi borasida 5-6 million yevrolik taklif olgan.

“Menga ma’lum bo‘lishicha, “Ufa”da O‘runov borasida 5-6 million yevrolik taklif bor, bu taklif RPL klubidan emas. U hali “Spartak”ka kelmadi, biroq OAVdagi bizga taalluqli raqamlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ular ancha past”, — deydi Gazizov.

Avvalroq moskvaliklar klubi O‘runov transferi uchun 2 million yevro sarflashi, Ostonning “Spartak”dagi maoshi esa yiliga 600 ming yevro bo‘lishi xabar qilingandi.

Oston O‘runov kecha paydo bo‘lib qolgan futbolchi emas. Bunga ushbu video orqali guvoh bo‘lishingiz mumkin (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!