Rossiya Premyer Ligasining 2019/20-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra eng ko‘p dribling ishlatgan futbolchilar ma’lum bo‘ldi.

“Ufa” safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O‘runov bir o‘yindagi o‘rtacha driblinglar soni bo‘yicha 2-o‘rinda qayd etildi. Uchrashuvda o‘rtacha 8,1 marta dribling ishlatgan futbolchi bu borada faqat “Axmat” futbolchisi Bernard Berishadan (9,1) ortda qolgan. Biroq Oston (66%) muvaffaqiyatli dribling borasida kosovalik futbolchidan (52%) yaxshiroq natija qayd etgan.

Foto: Futbolium

“Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov esa har bir o‘yinda o‘rtacha 3,7 marta raqiblarni aldab o‘tgan. Shuningdek, “Rostov” to‘purarida muvaffaqiyatli driblinglar ko‘rsatkichi ham u qadar yuqori emas — 36%.

Oston O‘runov kecha paydo bo‘lib qolgan futbolchi emas. Bunga ushbu video orqali guvoh bo‘lishingiz mumkin (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!