Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi finalida “Arsenal” va “Chelsi” jamoalari 1-avgust, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.
Uchrashuv debyutida “ko‘klar” Kristian Pulishichning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bo‘lim o‘rtalariga kelib “Arsenal” futbolchilari penalti ishlab oldi. 11 metrlik jarima zarbasini Pyer-Emerik Obameyang golga aylantirdi.
67-daqiqada nominal mezbonlarning tezkor qarshi hujumini Obameyang muvaffaqiyatli yakunlab, dublni rasmiylashtirdi. Buning ustida 73-daqiqada “Chelsi” Mateo Kovachichning chetlatilishidan keyin kamchilik qoldi. Qolgan vaqtda ushbu hisob o‘zgarmay qoldi.
Bu “kanonirlar” uchun Angliya Kubogidagi 14-g‘oliblik bo‘ldi.
Shu tariqa “Arsenal” Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan holda Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi. Premyer Ligada 7-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Vulverhempton” esa Yevrokuboklarsiz qoldi.
Angliya Kubogi
Final bahsi
1-avgust, shanba
“Arsenal” — “Chelsi” 2:1
Gollar: 0:1 – 5 Pulishich, 1:1 – 28, penalti Obameyang, 2:1 – 67 Obameyang.“Arsenal”: Martines, Belyerin, Holding, Tirni (Kolashinats, 90), Meytlend-Naylz, Jaka, Sebalyos, Pepe, David Luiz (Papastatopulos, 88), Obameyang, Lyakazett (Nketia, 82).
“Chelsi”: Kabalyero, Alonso, Zuma, Aspilikueta (Kristensen, 35), Jeyms, Pulishich (Pedro, 49), Kovachich, Maunt (Barkli, 78), Jorjinyo, Ryudiger (Hadson-Odoi, 78), Jiru (Abraham, 78).
Ogohlantirishlar: Kovachich (14), Aspilikueta (26), Maunt (45), Sebalos (73), Ryudiger (75), Barkli (89).
Chetlatish: Kovachich (73).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)