Bir necha kun avval yo‘lak bo‘ylab murdalar yotgan shifoxona aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi. Bu video Respublika Patologik anatomiya markazida suratga olingani “Hudud” yoshlar informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Foto: Videodan skrin

Ta’kidlanishicha, video markazning magistr va yosh sanitarlari tomonidan tasvirga olingan. Video aslida 28-iyun kuni tushirilgan.

“28-iyun kuni Rossiyadan charter reysida ‘Gruz-200’ ko‘rinishida 16 ta murda kelgan edi. Murdalarni barchasi ‘yashik’larda kelgan. Biz yashiklarni ochib ko‘rib, yuvib, tozalab, tikadigan joyini tikib, dezinfeksiyalab, kafanlab qarindosh urug‘iga berishimiz kerak”, – deydi markaz vakili.

Foto: Videodan skrin

Vakilning aytishicha, asli bu video xorazmlik talabalar tomonidan tasvirga olingan bo‘lib, oilasiga qayerda ishlayotganini ko‘rsatish uchun bo‘lgan. Shundan so‘ng video 18-iyul kuni Xorazm orqali ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.

Markaz vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu holatning koronavirusga aloqasi yo‘q.

Avvalroq shunga o‘xshash video tarqalganda Sog‘liqni saqlash kotibi O‘zbekistonda murdalar bunday saqlanmasligini ma’lum qilgan edi.