Ijtimoiy tarmoqlarda shifoxona hovlisida o‘liklarga to‘la tobutlar aks etgan video O‘zbekistonda olinmagani qayd etildi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda ma’lum qilgan.

Foto: “Daryo”

Aynan o‘sha tarqalgan videodagi ma’lumot, bunday holat bizning respublikamizda hech qachon bo‘lmaydi. Bu qaysidir bir davlatdagi holatni ko‘chirib olib, o‘zimizniki qilib ko‘rsatayotgan ba’zi bir shovvozlarning ishi xolos. Bizda nafaqat kasallikka chalinganlarni davolash, ularni dafn qilish bo‘yicha ham alohida tartib bor. Bizning yurtimizda bu kabi holatlarga zinhor yo‘l qo‘yilmaydi.

Nurmat Otabekov, Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda shubhali dafn marosimi uyushtirilgani tasvirlangan video bo‘yicha ham rasmiy izoh berilgan edi. Bundan tashqari Telegram’da kasalxonalardan biridagi og‘ir holat aks etgan video tarqalgan edi.