Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Poytaxtning Uchtepa tumanida joylashgan Atlas mebel markazida koronavirusga qarshi kurash doirasida navbatdagi taqsimlash markazi tashkil etilmoqda, deya xabar beradi “Kun.uz”

Markazda koronavirusga gumon qilinayotgan fuqarolarni vaqtincha saqlab turish uchun 1008 ta koykadan iborat joy hozirlanmoqda.

Bu yerda fuqarolarga zaruriy birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Hozirda binoni moslashtirish va koykalarni o‘rnatish jarayoni ketmoqda, deb xabar beradi “Kun.uz” muxbiri.

https://youtu.be/zeAEzju2ARs

Ayni paytda Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz”ning 3-pavilyonida 1000 o‘rinlik maxsus markaz faoliyat yuritmoqda (mas’ul – Toshkent shahar hokimligi). Shuningdek, 1 va 2-pavilyonlarda yana 814 ta koyka tayyorlanmoqda (mas’ul – Mudofaa vazirligi gospitali).

Bundan tashqari, yaqin 2-3 kun ichida Yunusoboddagi gimnastika saroyida 750 o‘rinli (mas’ul – IIV gospitali), Shayxontohur tumanidagi “Yoshlik” sport majmuasida 520 o‘rinli (mas’ul – DXX gospitali) birinchi tibbiy yordam markazlari foydalanishga topshirilishi kutilyapti.

Sergeli tumanidagi 2-son BO‘SM 250 o‘rinli davolash maskani etib qayta jihozlanyapti.

Bundan avval O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yotoqxonasi va Chilonzor tumanidagi Cardio Star Plus xususiy klinikasi (50 ta o‘rin) ham koronavirusga gumon qilinganlarni vaqtincha saqlash maskanlariga aylantirilgani aytilgandi.

Bu markazlarda koronavirusga gumon qilinganlarga tashxis qo‘yish, zaruratga ko‘ra davolash uchun sharoit yaratilayotgani, ular pandemiya talablari asosida jihozlanib, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlanayotgani xabar qilingan.

Foto: SSV

Foto: SSV

29-iyul kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda COVID-19 uchun mo‘ljallangan 10 ta maxsus poliklinika va koronavirusni davolashga moslashtirilgan 16 ta tibbiyot muassasasi ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: SSV

Foto: SSV

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xitoy Farg‘onada biochiqindilardan energiya olish bo‘yicha loyihani amalga oshirishi mumkin
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman hokimi ro‘zadorlarni suv ichishga majburlagani aytilmoqda 
Mahalliy
“O‘zgidromet” kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi