“Liverpul” hujumchisi Roberto Firmino Angliya chempionatining 37-turi doirasida o‘tkazilgan “Chelsi”ga qarshi uchrashuvda (5:3) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Opta xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi APL doirasida o‘tkazilgan “Enfild”dagi so‘nggi 20 ta o‘yinida ilk bor gol urgan va 1591 daqiqadan iborat bo‘lgan golsiz seriyasiga chek qo‘ygan.
Firmino “Enfild”da so‘nggi marta 2019-yilning mart oyida, 479 kun avval “Tottenhem”ga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) to‘p kiritgan.
28 yoshli Firmino 2019/20-yilgi mavsumda APLning 37 ta o‘yinida maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golga hammualliflik qildi.
Roberto Firminoning APLdagi dastlabki 50 ta golini tomosha qiling (video)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)