Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Inter” yarim himoyachisi Aleksis Sanches A Seriyaning 34-turi doirasida o‘tkazilgan “Roma”ga qarshi uchrashuvda (2:2) o‘z nomiga golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Chililik futbolchi uchun bu Yevropada milliy chempionatlar qayta boshlanganidan keyin yettinchi golli uzatma bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha (kuchli beshlik chempionatlarida) faqat “Barselona” hujumchisi Lionel Messi undan yaxshiroq natija ega (9 ta assist).

Ma’lumot uchun, Sanchesning transfer huquqi “Manchester Yunayted” klubiga tegishli. U 2019-yilning avgust oyidan beri “Inter” safida ijara asosida harakat qilmoqda. Ijara muddati mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.

A Seriyaning 2019/20-yilgi mavsumida 31 yoshli futbolchi 18 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi