“Real” darvozaboni Tibo Kurtua La Liga 2019/20-yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra Samora sovriniga ega chiqdi.
Ushbu sovrin mavsum davomida o‘rtacha bir o‘yinda eng kam gol o‘tkazib yuborgan darvozabonga topshiriladi.
28 yoshli posbon Primera 34 o‘yinida maydonga tushib, 20 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu har o‘yinda o‘rtacha 0,59 gol degani. Shuningdek, Kurtua mavsum davomida 18 ta quruq o‘yin o‘tkazdi.
Shu tariqa 2008-yildan beri ilk bor “Real” darvozaboni ushbu sovringa ega bo‘ldi. So‘nggi bor Iker Kasilyas Samora sovriniga ega chiqqandi.
Tibo uchun bu uchinchi sovrin hisoblanadi. Belgiyalik darvozabon 2012/13 va 2013/14-yilgi mavsumlarda Madridning boshqa klubi — “Atletiko” safida ushbu sovringa ega chiqqan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)