“Inter” yarim himoyachisi Aleksis Sanches A Seriyaning 34-turi doirasida o‘tkazilgan “Roma”ga qarshi uchrashuvda (2:2) o‘z nomiga golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Chililik futbolchi uchun bu Yevropada milliy chempionatlar qayta boshlanganidan keyin yettinchi golli uzatma bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha (kuchli beshlik chempionatlarida) faqat “Barselona” hujumchisi Lionel Messi undan yaxshiroq natija ega (9 ta assist).
Ma’lumot uchun, Sanchesning transfer huquqi “Manchester Yunayted” klubiga tegishli. U 2019-yilning avgust oyidan beri “Inter” safida ijara asosida harakat qilmoqda. Ijara muddati mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.
A Seriyaning 2019/20-yilgi mavsumida 31 yoshli futbolchi 18 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)