Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazma markazi maydonlarida tashkil etilayotgan koronavirusga chalingani gumon qilingan bemorlarga aniq tashxis qo‘yish va kasallik darajasini aniqlash, shuningdek, bemorlarga birinchi yordam ko‘rsatish va ularni klinikalarga taqsimlash markazi 500 o‘ringa mo‘ljallangan.

“Gazeta.uz”ning Toshkent shahar hokimligidagi manbaga asoslanib xabar berishicha, bu Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tashabbusi bo‘lib, vaziyat juda og‘irlashganida “B rejasi” bo‘lishi uchun amalga oshirilmoqda. Markazni tashkil etish va ta’minlash xarajatlari budjet mablag‘lari hisobidan qoplanmaydi.

Internet-nashr tomonidan e’lon qilingan suratlarda markazni ko‘zdan kechirish uchun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Toshkent shahar prokurori Bahriddin Valiyev “O‘zekspomarkaz”ga tashrif buyurganini ko‘rish mumkin.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda qaysi hududlarda narxlar ko‘proq o‘sgani ma’lum qilindi