“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
14:16, 19.07.2020 43038

Organizm uchun yetarli suvni qanday to‘g‘ri ichish kerak? Mutaxassisdan tavsiyalar

Gollivud yulduzlarining parhezshunosi, detoks bo‘yicha mutaxassis Kimberli Snayderning ta’kidlashiga qaraganda, butun inson organizmi — organlar faoliyati va gormonal balans muqobil gidradatsiyaga tobe bo‘ladi. Organizm yaxshi namlangan bo‘lsa, inson o‘zini yaxshi his qiladi va bu tashqi ko‘rinishiga ham ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Agar aksincha bo‘lsa, suyak, teri bilan bog‘liq muammolar, soch qurishi, detoksikatsiya va ovqat hazm bo‘lish jarayonining sekinlashishi kuzatiladi. Bundan tashqari, surunkali charchoq, bosh aylanishi va uyqusizlik kabilar ham bezovta qilishi mumkin.

Foto: Sm News

Mashhurlardan Riz Uizerspun, Dryu Berrimor va Runi Maralar, Kimberlining bir necha yillik mijozlari hisoblanadi va mutaxassisning maslahatlariga qat’iyan amal qiladi. Quyida Kimberlining organizm salomatligi uchun qanday suv ichish kerakligi bo‘yicha bergan maslahatlarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Suv balansiga rioya qilish

Yaqingacha kamida kuniga sakkiz stakan suv ichish kerak degan tushuncha bo‘lgan. Aslida esa har bir inson individual o‘zidan kelib chiqqan holda, vazniga qarab suv iste’mol qilishi kerak. Qolaversa, ko‘chada mavjud harorat ham suv miqdorini ko‘payishi yoki kamayishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Shu boisdan ham mutaxassis, ayollar kuniga 1,7 litr, erkaklar 3,7 litr suv iste’mol qilishini tavsiya qiladi.

Bir vaqtda ko‘p miqdorda suv ichmang

Birdaniga yarim litr suv ichishdan foyda yo‘q. Ayniqsa kechqurun, chunki suv birdaniga organizmda so‘rilmaydi va siz kechasi bila hojatxonaga qatnashingizga to‘g‘ri keladi. Shu boisdan suvni kam-kamdan kun davomida ichish tavsiya qilinadi.

Foto: Run review

Xona haroratidagi suvni iching

Kimberli mijozlariga hamisha xona haroratidagi suvni ichishni tavsiya qiladi. Chunki xona haroratidagi suvni organizm tana haroratiga moslab isitish uchun energiya sarflamaydi va shu sababli ham organizmni sovuq suvdan ham ko‘proq namlantira oladi.

Tongni bir stakan suv bilan qarshi olishga odatlaning

Organizmni to‘g‘ri namlanishi uchun, uyg‘onganingizdan keyin bir stakan suv ichishga odatlaning. Tunda organizm suvsizlangani sabab ham uning o‘rnini bosish muhim sanaladi. Suv bilan boshlangan kunda inson o‘zini energiyaga to‘la his qiladi. Suvga bir bo‘lak limon qo‘shib ichilsa yana yaxshi — C vitamini ta’sirni kuchaytiradi.

Tanavvul vaqtida emas oralig‘ida suv iching

Ovqatlanish davomida suv ichganda, taomdagi kerakli modda va vitaminlar yuvilib ketishi mumkinligi uchun ham tanavvul vaqtida suv ichish tavsiya qilinmaydi. Taomdan kamida yarim soat avval yoki yarim soat keyin iste’mol qilishga odatlanish kerak.

Organizmni namlantiradigan mahsulotlarni kanda qilmang

Suvdan tashqari iste’mol mahsulotlari bilan ham namlantirish balansini saqlashga urinish kerak. Masalan, suv va foydali fermentlar, vitaminlarga boy bodring va mineral, klechatka manbayi bo‘lgan selder shular jumlasidan.

Qahva va alkogol iste’molini nazorat qiling

Ushbu mahsulotlar siydik haydash xususiyatiga ega ekanligi sabab ham ularning iste’molidan keyin organizm ko‘p miqdorda suv yo‘qotadi. Yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini esa suv bilan to‘ldirish kerak bo‘ladi.

Vizual yodga solishga harakat qiling

Aksariyat kishilar ko‘p miqdorda suv ichishga harakat qilishi, ammo unutib qo‘yishini ta’kidlaydi. Bunday holatda bir martalik bo‘lmagan idishga suv solib, uni o‘zi bilan olib yurish va ish stoliga qo‘yib qo‘yish tavsiya qilinadi. Chunki idish sizga suv ichishingiz kerakligini eslatib turadi.

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ