Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 19-iyul, yakshanba kuni mamlakatda havo harorati 42 darajagacha issiq bo‘ladi. Bu yoz chillasi uchun xos bo‘lgan me’yoriy ko‘rsatkichlardan 4-6 daraja yuqoridir.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja iliq, kunduzi 39-41 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi