Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Guliston shahri markaziga o‘tish joyida vaqtinchalik tashkil etilgan karantin blokpostida xizmat olib borayotgan Ichki ishlar va Milliy gvardiya organi xodimlari ikki quti sigaret evaziga fuqaroni blokpostdan o‘tib ketishiga ruxsat bergani aks etgan video tarqaldi. Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Guliston shahri markaziga o‘tish joyida tashkil etilgan karantin blokpostidagi huquq-tartibot idoralarining xodimlari fuqaroning stikeri borligiga qaramasdan, uning o‘tib ketishi uchun ikki quti sigaret talab qilgan. Sigaret olib kelib berganidan so‘ng esa IIB va Milliy gvardiya xodimlari uni o‘tkazib yuborgan. Erkak sodir bo‘lgan holatni videoga olgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

“Xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, uch nafar rahbar xodimga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanilib, bir nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bir nafar xodim esa Ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi”, — deyiladi xabarda.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, qat’iy intizomiy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 8-iyuldagi qarori bilan O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustga qadar karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilmoqda. Shuningdek, avtotransport harakati ham cheklanishi ko‘zda tutilgan. Mamlakatda stikersiz avtomobillar harakatlanishi mumkin bo‘lgan vaqtlar belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)