Samarqand viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori o‘zgardi. Bu haqda “Daryo”ga viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ayni kunga qadar mazkur lavozimda ishlab kelgan Xayrulla Boymurodov o‘rniga Adham Bahromov tayinlangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Adham Bahromov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Izoh (0)