Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Genri Sehudo uchinchi vazn toifasida ham chempionlik kamariga ega chiqib, MMA tarixiga kirmoqchi.
“Menimcha, UFC’da uchinchi kamarga ega chiqsam, aralash janglar tarixidagi eng buyuk jangchiga aylanaman. Bu natijani hech kim qaytara olmaydi, faqat ‘Tripl Si’”, — deydi Sehudo.
Ma’lumot uchun, Sehudo mutlaq yengil va o‘ta yengil vazn toifalari sobiq chempioni hisoblanadi. Amerikalik yakkakurashchi may oyidagi jangidan so‘ng faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan va undan chempionlik kamarlari olib qo‘yilgandi.
Endi u yarim yengil vazn chempioni Aleksandr Volkanovkini jangga chorlamoqda. Bu borada sportchi UFC prezidenti Deyna Uaytga ham murojaat qildi.
“Deyna Uayt, iltimos, ortiqcha baho berib yuborilgan Aleksandr Volkanovskini menga ber. Uni tiz cho‘kishga majbur qilaman”, — deya yozadi Genri.
UFC 251 musobaqasida Sehudo ketganidan keyin egasiz qolgan o‘ta yengil vazn chempionlik kamari uchun Petr Yan va Joze Aldo kurash olib bordi. Unda rossiyalik yakkakurashchi g‘olib chiqib, divizion chempioniga aylandi.
16-iyul kungi UFC Fight Night 177 musobaqasi qanday o‘tdi? (video)
Izoh (0)