Oppo kompaniyasi 125 vattli o‘ta tezkor simli quvvatlantirgichni taqdim etdi.

Foto: “Hi-Tech.Mail.ru”

Yangi quvvatlantirgich sig‘imi 4000 milliamper-soatga teng akkumulyatorni 20 daqiqada to‘ldira oladi, 41 foiz quvvatni to‘ldirish uchun esa besh daqiqa kifoya qiladi.

Bundan tashqari, kompaniya quvvati 65 vattga teng AirVOOC nomli simsiz quvvatlantirgichni ham taqdim etgan — uning quvvati hozirda bozorda mavjud eng tezkor simli quvvatlantirgichniki bilan teng.

Yangi quvvatlantirgichlardan foydalanadigan qurilmalar nomi hozircha e’lon qilinmagan.

Avvalroq Apple va Samsung kompaniyalari o‘z smartfonlarini quvvatlantirgichsiz sotishni boshlashi to‘g‘risida xabar berilgandi.