Xitoyda so‘nggi sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 3 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 5 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda “Interfaks” Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib.
Aniqlangan yangi kasallanish holatlarining barchasi chetdan yuqtirilgan bo‘lib, Shanxayda qayd etilgan.
Mamlakatda umumiy hisobda 83 605 kishi koronavirusga chalingan, ularning 4634 nafari COVID-19 qurboniga aylangan.
Janubiy Koreyada esa sutka davomida 33 kishi koronavirusga chalingani qayd etilib, kasallanganlarning umumiy soni 13 512 nafarga yetdi.
Ularning 14 nafari mamlakatning o‘zida, qolganlari chetdan yuqtirilgan.
Sutka davomida 81 kishi sog‘ayib, tuzalganlarning umumiy soni 12 201 nafarga yetdi. Kasallik qurbonlari soni 289 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)