“Daryo”ni Telegram’da o‘qing! Join!
21:56, 14.07.2020 29368

Ispaniya qirolichasi Letisiyaning yozgi eng yaxshi 6 obrazi (foto)

O‘ziga xos kiyinish uslubi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Ispaniya qirolichasi Letisiyaning jazirama kunlarda kiyish uchun tanlagan obrazlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Banan shaklini esga soladigan shim

Foto: Cosmopolitan

Mazkur modeldagi shim belning nozikligiga urg‘u berish, ortiqcha yog‘larni yashirish xususiyatiga ega ekani bilan boshqa shimlardan farq qiladi. Letisiyaniki singari yelka va yeng qismi noan’anaviy bichimli trikotaj kofta obrazni yanada qiziqarli ko‘rsatadi. Balerinalarniki singari bog‘ichli tufli esa nazokatli ko‘rinish imkoniyatini beradi.

Midi uzunligidagi yubka

Foto: Cosmopolitan

Uzunligi tizzadan pastda turadigan midi uzunligidagi, keng bichimli yubka va yengsiz top issiq kunlar uchun eng yaxshi tanlov. Tanketli oyoq kiyim esa harakatlanish uchun qulayligi bilan birga, libosga urg‘u berish xususiyatiga ega.

Qizil va minimal uslubdagi libos

Foto: Cosmopolitan

Ortiqcha bezaklardan holi, midi uzunligidagi, yelkasi ochiq libos uni kiygan insonni latofatli va chiroyli qilib ko‘rsatadi. Qirolichaning qaddi-qomati ushbu libosda 20 yashar qizlarnikidek ko‘ringanini inkor etib bo‘lmaydi.

Kombinezon

Foto: Cosmopolitan

Oq-qora printli ushbu kombinezonning pastki qismi alohida shim, yuqori qismi esa kofta singari mukammal ko‘rinadi. Beldagi bog‘ich esa modelning o‘ziga xosligi sanaladi. Savatni esga soluvchi detal — qora charm qo‘shilgan sumka esa obrazga dolzarb tus beradi.

Belbog‘li ko‘ylak

Foto: Cosmopolitan

Qirollik oilasi vakillari belni ixcham ko‘rsatish uchun kamardan foydalanmaslikni afzal biladi. Ammo Letisiya obrazida buning yechimini topgani, belbog‘li yozgi libos bilan ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘lganini bilish mumkin.

Old qismi “zapax”li, etaklari keng libos

Foto: Cosmopolitan

Mazkur yashil libosni qirolicha Palma-de-Mayorka oroliga tashrif buyurish uchun tanlagan. Yengil va havo o‘tkazadigan matodan tikilgan, yashil rangli, shuningdek, yengi uzunligi sabab quyoshdan saqlanishga yordam beradigan ushbu modelning old qismi “zapax” uslubida bichilgan bo‘lib, etak qismlari keng va noan’anaviyligi bilan jozibali ko‘rsatadi.

Izoh qoldirishdan avval, qoidalar bilan tanishib oling: http://dy.uz/QbkeZ