Iordaniya qirolichasi Raniya al-Abdullaning kiyinish uslubi ayollarga xos latofatli va shu bilan birga zamonaviyligi bilan e’tirof etib kelinadi. Qirolicha kiyinishida o‘ziga xos 7 jihat mavjud bo‘lib, Cosmopolitan nashri ular nimadan iboratligiga e’tibor qaratdi.

Kamar

Raniya garderobida ushbu aksessuarning turli hajm, shakl va ranglisini uchratsa bo‘ladi. Kamarni ko‘ylak, bluzka, yubka va boshqa liboslar ustidan moslab kiyishini kuzatish mumkin. Ushbu aksessuar bilan qirolichaning qaddi-qomati nazokatli, bel qismi esa nozik ko‘rinadi.
Milliy liboslar

Qirolicha hamisha zamonaviy ko‘ringani bilan milliy naqsh va printlar tushirilgan liboslar kiyishni kanda qilmaydi. Boshqa birinchi xonimlarga qaraganda Raniya obrazini sumkalar bilan mukammallashtirishni yoqtiradi. U Fendi, Saint Laurent, Lanvin, Louis Vuitton va Bottega Veneta brendlari sumkalarini yaxshi ko‘radi.
Yelka qismi keng liboslar

Qirolicha bunday uslubda kiyinish orqali ayollarga xos latofatni yana bir bor o‘zida aks ettiradi. Asosan, yelka qismi keng bo‘lgan koftalarni kiyishni xush ko‘radi va bunday kofta bilan to‘g‘ri bichimli, qaddi-qomatni aks ettiradigan yubka kiyib, kiyinish borasidagi muvozanatga rioya qiladi.
O‘ziga xos yubkalar

Mavzuga doir: Plissirovkali yubka bilan betakror obrazlar yaratishda malika Dianadan ibrat olamiz
Burma hoshiyali bluzkalar
Mavzuga doir: O‘tmishdagi urf yana trendda: bahorda viktorian uslubidagi bluzka urfda
Uchli tufli
Iordaniya qirolichasi 99% vaziyatda uchli tufli kiyadi. Uning arsenaliga nazar tashlansa, tuflilar kolleksiyasi bor ekaniga amin bo‘lish mumkin. Oq, moviy, qaymoqrang, qora printli va boshqa turli ko‘rinishdagi mazkur tuflilar qirolichaning kiyinishini yanada jozibador ko‘rsatadi. Gianvito Rossi, Jimmy Choo va Dior Raniyaning sevimli brendlari hisoblanadi.
Ayollarga xos ranglar









