Daryo

Foto: XX asr go‘zallik timsollari qanday kelinlik libosida turmushga chiqqan?

Tarixdagi eng chiroyli liboslardan biri amerikalik aktrisa, Monaka malikasi Greys Kelliga tegishli

2 daqiqa o‘qish161 128 ko‘rishlar0 izoh0

Tarixdagi eng chiroyli liboslardan biri amerikalik aktrisa, Monako malikasi Greys Kelliga tegishli. Helen Rouz dizayner bo‘lgan ushbu libos o‘sha davrdagi boshqa bo‘lajak kelinlar uchun ilhom manbai bo‘lgandi.

Harper’s Bazaar nashrining yozishicha, 35 ishchi, 6 hafta davomida, 25 metrlik tafta, 100 metr to‘r va vintaj uslubidagi bryussel krujevasini san’at asari darajasidagi kelinlik libosiga aylantirgan. Alexander McQueen tomonidan yaratilgan Keyt Middlton kelin ko‘ylagida ham Greys kelinlik libosiga o‘xshash jihatlar yo‘q emas.

/>

Odri Hepbyornning Balmain’dan kiygan nozik, jozibali libosi, Merilin Monroning o‘ziga xos kostyumi zamona urfini o‘zida mujassam qilgandi. Malika Diananing 8 metr shleyfli kelinlik libosi haqida esa hozirgacha bir qarorga kelinmagan: libos eng yaxshi kelin ko‘ylaklar reytingiga kiradimi yoki eng yomon.

XX asr go‘zallik timsollarining kelinlik liboslari qanday ko‘rinishda edi? Kibor va mashhur xonimlar qanday libos tanlagandi? Quyida ushbu savollarga fotolar orqali javob beramiz.

Greys Kelli va knyaz Renye. 1956-yil, 19-aprelFoto: Harper’s Bazaar
Malika Diana va shahzoda Charlz. 1981-yil 29-iyul. LondonFoto: Harper’s Bazaar
Elizabet Teylor va Richard Berton. 1964-yil 15-mart. MonrealFoto: Harper’s Bazaar
Frenk Sinatra va Mia Ferrau. 1966-yil 19-iyunFoto: Harper’s Bazaar
Yoko Ono va Jon Lennon. 1969-yil 20-martFoto: Harper’s Bazaar
Jon va Jaklin Kennedilar. 1953-yil 2-sentabrFoto: Harper’s Bazaar
Elizabet Teylor va Konrad Hilton. 1950-yil 13-mayFoto: Harper’s Bazaar
Odri Xepbyorn va Mell Ferrer. 1954-yil 25-sentabrFoto: Harper’s Bazaar
Roje Vadim va Brijit Bardo. 1952-yil 12-dekabrFoto: Harper’s Bazaar
Sheron Teyt va Roman Polanski. 1968-yil 20-yanvarFoto: Harper’s Bazaar
Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.