Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 12-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra rasman 4925 kishi koronavirusdan davolanmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. Qayd etish joiz, jami kasallanish holatlari soni 12 706 taga yetgan.

“Hozirda mamlakatimizda 4925 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 45 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Ushbu bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz kechayotganiga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida aniqlik kiritilmagan. Ma’lumot uchun, 5-iyuldan boshlab O‘zbekistonda koronavirus infetsiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlar uy sharoitida davolanishi mumkin.

Avvalroq Respublika maxsus komissiyasi 10-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonning mavjud sog‘liqni saqlash muassasalari quvvati koronavirusga chalingan yangi bemorlarni qabul qilish uchun yetarli emasligi, “tizimni qayta tiklash” uchun 1-avgustgacha kuchaytirilgan karantin tartibi qaytadan joriy etilganini ma’lum qilgan edi. O‘sha vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni rasman 3986 nafar edi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning fikricha, O‘zbekistonda koronavirus hali eng yuqori cho‘qqisi chiqmagan. Professor Habibulla Oqilovning ta’kidlashicha, agar O‘zbekistonda kuniga 1—1,5 mingta kasallanish holati aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimimiz “qo‘shni mamlakatlarniki kabi” qulaydi.

E’tiborga molik tomoni, professor Oqilov 8-iyul kuni qilgan chiqishida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar “poyoniga yetgani”, bo‘sh koyka-o‘rinlar qolmaganini ma’lum qilgan edi. 9-iyuldagi brifingda esa Oqilov “koyka-o‘rinlar, dori zaxirasi mavjud”ligini, tizim “har qancha bemorni qabul qila olishi”ni ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi