• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgani uchun jarimaga tortilgan Zangiota hokimi o‘rinbosari mazkur masala bo‘yicha sudda yutib chiqdi

    Xalq ta’limi vazirligi 2020-yilning 5-iyun kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Mamadaliyev o‘qituvchilarni majburiy obuna va mehnatga jalb qilgani uchun 15 million 610 ming so‘m jarimaga tortilgani haqida xabar bergandi. Baxtiyor Mamadaliyev esa mazkur masala bo‘yicha sudga murojaat qilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Vazirlik axborotida bu ish xalq ta’limi vaziri Nazorat-huquqiy xizmati hamda Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi hamkorligida amalga oshirilgani qayd etilgan.

    Unga ko‘ra, hokim o‘rinbosari maktab direktorlariga yanvar oyida gazeta va jurnallarga obuna bo‘lish haqida topshiriq bergan, maktab mikrohududidagi mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi kam ta’minlangan aholini xatlovdan o‘tkazishda o‘qituvchilardan yordam so‘ragan. Bundan tashqari, 28-may kuni yoshlar yetakchisi va yana bir nafar xodim bilan birga tumandagi barcha maktab direktorlari va 80 nafardan ortiq o‘qituvchini o‘t yulish va yerni chopiq qilish, yumshatish ko‘rinishidagi majburiy mehnatga jalb qilgan.

    O‘zAning xabar berishicha, mazkur xabarlar tarqalgach, hokim o‘rinbosari o‘ziga nisbatan chiqarilgan qarordan norozi bo‘lib, sudga murojaat qilgan. O‘zA bo‘lib o‘tgan voqeani atroflicha o‘rganib chiqish maqsadida hodisa ishtirokchilari bilan bog‘langan.

    “Meni ko‘proq internet tarmoqlarida tarqalgan xabarlar tashvishga soldi. Chunki menga taalluqli xabar chiqishi bilan bundan yaqinlarim xavotirga tushib, bu haqda surishtira boshlashdi. Men esa o‘sha daqiqalarda shunchaki aybsiz aybdor edim. Jarima to‘lashdan ko‘ra, aynan mana shu narsa meni sudga murojaat qilishga majbur qildi”, — deya ta’kidlagan Baxtiyor Mamadaliyev.

    Agentlikning qayd etishicha, Zangiota tumani ma’muriy sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Baxtiyor Mamadaliyev huquqbuzarlik faktlarini inkor qilib, o‘ziga qarshi qaror dalillarsiz, shoshma-shosharlik bilan, bir tomonlama qabul qilinganini, hech kimni obuna bo‘lishga va kam ta’minlangan aholini xatlovdan o‘tkazishga majburlamaganini hamda majburiy mehnatga jalb qilmaganini ma’lum qilgan.

    Baxtiyor Mamadaliyev O‘zAga Toshkent viloyati hokimi va Zangiota tumani hokimining tegishli farmoyishlari asosida 2020-yil uchun gazeta va jurnallarga obuna tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanganini ta’kidlagan.

    O‘zAning yozishicha, hokim o‘rinbosari kam ta’minlangan aholini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha tuman xalq ta’limi mudiridan amaliy yordam ko‘rsatishni so‘ragan. Baxtiyor Mamadaliyevning ta’kidlashicha, bundan maqsad shu yo‘nalishda ijtimoiy adolat ta’minlanishiga erishish bo‘lgan. “Chunki o‘qituvchilar jamiyatning ziyoli qatlami bo‘lishi bilan birga, vaziyatni aniqlash, haqiqiy muhtoj odamlarning ro‘yxatga kirishida jamoat nazorati o‘rnata oladi. Shunday ishonch bilan o‘qituvchilardan yordam so‘ralgani uchun ham ular bu ishni beminnat amalga oshirgan. Qolaversa, karantin paytida haqiqatan kam ta’minlangan yoki muhtoj shaxslarning e’tibordan chetda qolmasligi davlat siyosati darajasidagi ish bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

    Sudda guvoh tariqasida so‘roq qilingan Zangiota tumani Xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchi A.Rahmatullayev Zangiota tumani hokimi o‘rinbosari qo‘ng‘iroq qilib, 2020-yil 28-may kuni xodimlarni yig‘ish kerakligini, maktablarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari haqida gaplashib olish kerakligini aytganini, lekin yig‘ilish bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

    Xalq ta’limi bo‘limi rahbari obuna ishlari esa ixtiyoriy ravishda amalga oshirilgani, maktab mikrohududida yashovchi kam ta’minlangan aholini xatlovdan o‘tkazish va hisobotlarni hokimiyatga topshirish to‘g‘risida yordam so‘ralgani, buni to‘g‘ri tushungan holda bu masalada yordam berilgani, hech kimni majburiy mehnatga jalb etmaganini bayon qilgan.

    Sudda guvoh tariqasida so‘roq qilingan 19-maktab direktori M.Telefova maktab hududini obodonlashtirish ishlariga e’tibor qaratish lozimligi haqida ko‘rsatma bo‘lgani, 28-may kuni shu maqsadda ishga borgani, lekin ishlamasdan qaytib kelgani, ularni hech kim ishlashga majburlamaganini bayon etgan.

    Sudda guvoh sifatida qatnashgan 1-maktab direktori B.Ahmedov, 2-maktab direktori X.Jalolova, 3-maktab direktori Sh.Xudoyorov va boshqalar M.Telefovaning ko‘rsatmalarini tasdiqlab, shunga o‘xshash ko‘rsatma berib, majburiy mehnatga jalb qilinmaganliklarini aytgan.

    Sud o‘z qarorida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 1-bandida ma’muriy huquqbuzarlik hodisasi yoki alomati yo‘q bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi ko‘rsatilganini qayd etgan.

    Zangiota tumani ma’muriy sudi sudyasi A.Abdurazzoqov tuman hokimi o‘rinbosari B.Mamadaliyevning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari o‘z tasdig‘ini topmaganligini e’tiborga olib, Toshkent viloyati Mehnat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi O‘tkir Tursunboyevning 2020-yil 3-iyundagi Baxtiyor Mamadaliyevga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari, 15 million 610 ming so‘m jarima solish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilish va unga nisbatan yuritilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni mazkur kodeksning 271-moddasi 1-bandiga asosan tugatishni lozim deb topgan.

    Sudda da’vogar sifatida ishtirok etgan ikkinchi taraf vakili — Toshkent viloyati Mehnat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi O‘tkir Tursunboyevning ma’lum qilishicha, majburiy mehnat bilan bog‘liq bu ish inspeksiyaga xalq ta’limi vaziri Nazorat-huquqiy xizmati tomonidan barcha hujjatlar jamlangan holda taqdim etilgan.

    “Vazirlikning amaliy chora ko‘rish bo‘yicha vakolati bo‘lmagani uchun ham ular shunday yo‘l tutgan. Mazkur xizmat tomonidan to‘plangan barcha dalillarni biz mustaqil ravishda tekshirib, guvohlarning fikrlarini olib, haqiqatan majburiy mehnat holatiga yo‘l qo‘yilganiga ishonch hosil qilganimizdan so‘ng Zangiota tumani hokimi o‘rinbosariga jarima jazosi qo‘llaganmiz”, — deya ma’lum qilgan O‘tkir Tursunboyev.

    Uning qayd etishicha, sud majlisida mansabdor shaxsning o‘zi ham bevosita ishtirok etgani uchun ham ayrim guvohlar avvalgi ko‘rsatmalarini o‘zgartirgan. “Inobatga olinishi kerak bo‘lgan, rad qilib bo‘lmaydigan faktlarimiz bor. Shuning uchun ham biz bu ish bo‘yicha protest keltirilishi uchun prokuraturaga murojaat qildik. Ish kassatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilishi uchun ham ariza topshirildi”, — dedi inspeksiya rahbari.

    Mavzuga doir: 

    • Buxoroda majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan shifokorlar o‘z xohishiga ko‘ra obodonlashtirish ishlarida qatnashganini ma’lum qildi
    • Qarshi tumanidagi maktab o‘qituvchilarining ish haqidan ushlab qolingani sababli tuman XTB mudiri jarimaga tortildi
    • Buxoroning Peshku tumanidagi majburiy mehnat mashmashasi ortidan sport murabbiyining oilasida muammo yuzaga keldi
    • Andijonda karantin payti budjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani aniqlandi

    12.07.2020, 09:08   Izoh (0)   35002
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda tanishini 38 mln so‘mga “uxlatgan” ayolning jinoyat ishi sudga oshiriladi

    12.07.2020, 08:49

    Buxoroda 3 nafar farzandli ayolni Dubayga fohishalikka jo‘natishga uringan ayolga sud hukmi o‘qildi

    12.07.2020, 07:48

    Andijonda Captiva’dagilarni kaltaklab, ularning 500 dollarini olib qochgan to‘rt nafar shaxs ushlandi

    12.07.2020, 07:27

    Buxoroda tez yordam mashinasi ishtirokidagi avariya haydovchining uyqusirashi oqibatida sodir bo‘lgani ma’lum qilindi

    12.07.2020, 06:47

    Qirg‘izistondan Norin daryosi orqali qarmoq yordamida giyohvandlik vositasi olib o‘tgan namanganlik erkak qo‘lga olindi

    12.07.2020, 06:26

    O‘zbekistonda 11-iyul kuni 486 kishida koronavirus aniqlanib, antirekord yangilandi. Aholi orasida kasallanish kamaydi

    12.07.2020, 00:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.