Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 35-turida “Norvich” 11-iyul, shanba kuni “Vest Hem”ga yutqazib qo‘ydi (0:4).

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvda Maykl Antonio poker qayd etgan holda, londonliklarning g‘alabasini ta’minladi.

Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng “Norvich” APLda jon saqlab qolish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi va Chempionshipga yo‘l oldi.

Shu tariqa “Norvich” beshinchi marta Premyer Ligadan (liga ushbu formatda 1992/93-yilgi mavsumdan buyon o‘tkaziladi) tushib ketdi. Bu musobaqa antirekordi hisoblanadi.

Shuningdek, “Norvich” APL bir mavsumi davomida 24 marta mag‘lubiyatga uchradi va bu klub tarixidagi eng yomon natija hisoblanadi.

APL

35-tur bahsi

11-iyul, shanba

“Norvich” — “Vest Hem” 0:4

Gollar: 0:1 – 11 Antonio, 0:2 – 45 Antonio, 0:3 – 54 Antonio, 0:4 – 74 Antonio.

“Norvich”: Krul, Kloze, Aarons, Godfri, Lyuis, Shtipermann (Kentuell, 69), Buendia (Rupp, 70), Ernandes (Martin, 70), Tetti, Vranchich (Maklin, 78), Pukki (Ida, 69).

“Vest Hem”: Fabianski, Kressuell, Ogbonna (Balbuena, 87), Frederiks, Diop, Antonio (Aller, 78), Rays, Fornals (Masuaku, 83), Nobl (Uilsher, 77), Bouen (Yarmolenko, 83), Souchek.

Ogohlantirish: Shtipermann (33).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi