Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2020-yil 8-iyul kuni Hindiston Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston elchisi Dilshod Axatovning Hindiston prezidenti Ram Nath Kovindga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati

Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan suhbatda Hindiston prezidenti ikki va ko‘p tomonlama shakllarda, shuningdek, COVID-19 tarqalishiga qarshi kurashdagi samarali hamkorlikni qayd etgan.

Suhbatda ikki mamlakat o‘rtasida investitsiya, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlangan.

Hindiston rahbari 2021—2022-yillarda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga Hindiston nomzodini qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekistonga samimiy minnatdorlik izhor etib, xalqaro tashkilotlar doirasida konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonch bildirgan.

Ram Nath Kovind Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 30-sentabr – 1-oktabr kunlari Hindistonga davlat tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni samimiy qayd etib, davlat rahbariga chuqur hurmat va eng yaxshi tilaklarini izhor etdi, deyilgan TIV xabarida.

2020-yil 1-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elchisi Santosh Ja bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazgani, suhbat so‘ngida Abdulaziz Komilov Santosh Jaga ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik bildirgani xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 25-fevralda O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan, 18-iyunda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Dilshod Ahatov O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimini egallagandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...