O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev ayni paytda tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: “Daryo”

“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, shu kungacha ushbu lavozimda ishlab kelgan Ilhom Ne’matov vazir o‘rinbosari sifatida lavozimini saqlab qoldi.

Ushbu xabarlar rasman e’lon qilinmagan hamda tasdiqlanmagani ta’kidlanmoqda.

Avvalroq Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va sanoat vaziri bo‘ldi. Uning o‘rniga moliya vaziri etib Timur Ishmetov tayinlangani xabar berilgan edi.