Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Dilshod Ahatov O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muhtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Foto: Xalqaro press-klub

Foto: Xalqaro press-klub

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlangan Dilshod Ahatov 18-iyun kuni Dehli shahriga jo‘nab ketdi.

Mazkur tayinlovga qadar Dilshod Ahatov 2018-yildan buyon O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Dilshod Ahatov 2010—2013-yillarda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi, shuningdek, o‘rindoshlik asosida Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyadagi elchi sifatida faoliyat yuritgan.

Dilshod Ahatov 1972-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan. Dilshod Ahatov ish faoliyatini Tashqi ishlar vazirligida boshlagan, u 2003—2007-yillarda Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i, 2007−2010-yillarda Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i, BMT va xalqaro tashkilotlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. Dilshod Ahatov Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari sifatida vazirlikning Ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning Hindistondagi sobiq elchisi Farhod Arziyev fevral oyida tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Avvalroq Alisher Kurmanov O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisi etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, joriy yilda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev 25-fevralda tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, sobiq birinchi o‘rinbosar lhom Ne’matov vazir o‘rinbosari lavozimiga o‘tdi. 20-mart kuni O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili bo‘lib ishlagan Sherzod Asadov tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mita raisining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Erkin Hamroyev 23-aprel kuni tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 30-may kuni esa O‘zbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgan Furqat Siddiqov tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi