Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlariga koronavirus infeksiyasining tashqaridan kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Bu haqda AOKAda o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq quyidagi talab va tavsiyalar berildi:
- Xodimlarni ishxonaga olib kelish uchun avtobus, mikroavtobuslar va yengil avtomashinalardan foydalanish. Ishchi xodimlar transport vositasiga chiqqanida yuz niqoblari almashtirilib, tushayotganda yana yangisi berish. Ishchi-xodimlar tushirilgandan so‘ng transport ichi dezinfeksiya qilinib 0,5 soatga yopish;
- Har kuni ishxonaga kiritishdan oldin tana haroratini kontaktsiz pirometr yoki shu kabilar yordamida o‘lchash, tana harorati ko‘tarilganligi va/yoki yuqumli kasallik belgilari namoyon bo‘lib turgan ishchilarni ishga qo‘ymaslik;
- Ishchining salomatligi holatini tekshirish, uning muloqotdagilari to‘g‘risida ma’lumot to‘plash, uning boshqa bemorlar yoki epidemiologik noxush hududlardan (mamlakat, respublika, viloyat, tumanlar) tashrif buyurgan shaxslar bilan muloqotda bo‘lganligiga aniqlik kiritish, buning uchun alohida javobgar shaxs belgilash;
- Ishxonaga kirish joyiga teri antiseptiklari bilan ishlov berish uskunasini (dozatorli uskuna, namli salfetkalar va shu kabilar) o‘rnatish. Shuningdek, piyodalar uchun “dezto‘shama”lar, transportlar uchun “dezto‘siq”lar tashkil etish;
- Tashkilotga chetdan shaxslarni kirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- Tashkilotga kirish/chiqish qismida odamlarni to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- Kuryerlik xizmatini, korrospendentlik hujjatlarini qabul qilishni kontaktsiz amalga oshirilishiga qaratilgan uslublarni joriy etish.
Izoh (0)