Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chernogoriya Jamoat sog‘liqni saqlash instituti COVID-19 cheklovlarisiz mamlakat hududiga kira oladigan xorij davlatlari fuqarolarining yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bergan.

Foto: Youtravel

Foto: Youtravel
Ro‘yxatga Belarus, Ukraina, Tojikiston, O‘zbekiston va Gruziya kiritilgan. Tivat shahriga Belarusdan amalga oshiriladigan birinchi charter reys 10-iyulda parvoz qiladi.

“Chernogoriya yuzdan ortiq davlatlarning fuqarolari uchun 1-iyundan boshlab chegaralarini ochgan, ammo Belarus mazkur ro‘yxatga kirmagan edi. Biz COVID-testlarning ‘manfiy’ javobisiz Chernogoriyaga borishga ruxsat berilishini kutgandik va parvoz dasturi bir necha marta bekor qilingandi. Lekin endi barchasi o‘zgardi va reyslar har kuni amalga oshiriladi”, — deydi Belarusdagi mahalliy turoperator direktori Ruslan Segenyuk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bozorda talab yuqori eng birinchi reys to‘lib bo‘lgan, bo‘sh joylar qolmagan. 11 va 12-iyulda parvozlarni amalga oshiradigan samolyotlar 50 foizga to‘lgan.

Bir haftalik sayohat narxi ikki kishi uchun 830 yevrodan boshlanadi. Chernogoriya — Minskdan charter reys orqali sayohat qilish mumkin bo‘lgan to‘rtinchi mamlakat. Avval Belarus fuqarolari uchun Albaniya (Tirana), Turkiya (Antaliya va Izmir), Misr (Xurgada va Sharm-al-Shayx) davlatlariga sayohat qilish imkoni yaratilgandi.

25-mayda Chernogoriya koronavirusni yenggan Yevropadagi birinchi davlatga aylangan, bir oydan keyin, 27-iyunda esa mamlakatda yana qat’iy karantin rejimiga qaytilgani haqida xabar berilgan. Yevroittifoq 1-iyuldan boshlab tashqi chegaralarini ochgan 14 ta mamlakat ro‘yxatiga Chernogoriya ham kiritilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Hammasi qahvaxonadan boshlangan”: Kemeron Dias va Dryu Berrimorning vaqt sinovidan o‘tgan do‘stligi (foto)
Dunyo
Xitoy sobiq rahbari Szyan Szemin 96 yoshida vafot etdi
Dunyo
Yevrokomissiya: Urushda 100 ming ukrainalik askar va 20 ming tinch aholi halok bo‘ldi (video)