Daryo

Yevroittifoq 1-iyuldan boshlab 14 ta mamlakat uchun tashqi chegaralarini ochdi

Ro‘yxatga Jazoir, Avstraliya, Gruziya, Kanada, Marokash, Yangi Zelandiya, Ruanda, Serbiya, Tailand, Tunis, Urugvay, Chernogoriya, Janubiy Koreya va Yaponiya kiritilgan

1 daqiqa o‘qish72 945 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: China Daily

Yevropa Ittifoqi kengashi 1-iyuldan boshlab tashqi chegaralarini ochadigan davlatlar ro‘yxatini oshkor etdi. Bu haqda kengash rasmiy bayonotida ma’lum qilingan.

Foto: China Daily

Ro‘yxatga Jazoir, Avstraliya, Gruziya, Kanada, Marokash, Yangi Zelandiya, Ruanda, Serbiya, Tailand, Tunis, Urugvay, Chernogoriya, Janubiy Koreya va Yaponiya kiritilgan.

Mazkur ro‘yxat uchta mezon asosida tuzib chiqilgan: oxirgi 14 kun davomida 100 ming nafar mamlakat aholisiga nisbatan koronavirus yuqtirib olganlar soni, hududdagi COVID-19 bilan bog‘liq barqaror yoki beqaror holat va davlatning koronavirus tarqalishiga qarshi umumiy tayyorgarlik darajasi. Bayonotda qayd etilishicha, ro‘yxat har ikki haftada yangilab boriladi.

AQSh hamda Xitoy uchun tashqi chegaralar yopiqligicha qoladi. Yevroittifoq XXRni hukumat mamlakat hududiga yevropaliklarning kirishiga ruxsat bergan taqdirdagina mazkur ro‘yxatga kiritmoqchi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Yevropa Ittifoqidan yangi savdo imtiyozlarini olish uchun rasmiy talabnoma yubordi

Avval Euronews Yevroittifoq ro‘yxatining qoralama nusxasiga 54 ta mamlakat, jumladan, O‘zbekiston ham kiritilganini xabar qilgandi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar