Xiaomi kompaniyasi o‘zining Poco sho‘basi logotipi ostida hamyonbop M2 Pro smartfonini taqdim etdi. Yangi qurilma birinchi navbatda mobil o‘yin ishqibozlari uchun mo‘ljallangan, deb xabar beradi “Afisha.uz”.

Foto: “Afisha.uz”

Poco M2 Pro — Poco brendining logotipi tushirilgan va biroz o‘zgartirilgan Redmi Note 9 Pro. Yangi modelga 2400x1080 pikselga ega 6,67 dyuymli displey o‘rnatilgan. Smartfonning old va orqa paneli Gorilla Glass 5 oynasi bilan himoyalangan bo‘lib, ular plasik yon tomonlar bilan birlashtirilgan.

Foto: “Afisha.uz”

Qurilma ichiga Qualcomm Snapdragon 720G protsessori, 4 yoki 6 gigabayt tezkor hamda 64/128 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan. Apparat 5000 mA/soat sig‘imga ega akkumulyator yordamida ishlaydi. Smartfon masofadan turib uy texnikalarni boshqarishga yordam beradigan infraqizil sensorga, USB Type-C, Bluetooth va naushniklar uchun minijekka ega.

Foto: “Afisha.uz”

Sifatli suratlarni olish uchun asosiy kamera 48 megapiksellga, qo‘shimcha kameralar esa 8, 5 hamda 2 megapiksellga ega bo‘lgan. Frontal kamera yordamida esa 16 megapikselli selfilarga tushish mumkin. Barmoq izi skaneri korpus yon tarafida joylashgan.

Roco M2 Pro’ning Xitoydagi rasmiy narxi:

  • Poco M2 Pro 4+64 Gb — 186 dollar;
  • Poco M2 Pro 6+64 Gb — 200 dollar;
  • Poco M2 Pro 6+128 Gb — 226 dollar.

Avvalroq Xiaomi’ning eng hamyonbop telefonlari — Redmi 9A va Redmi 9C modellari 100 dollardan sotuvga chiqarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.