Daryo

Xiaomi Mi 10 Pro+: Yangi flagmanning texnik tavsiflari oshkor bo‘ldi

Qurilmaning asosiy kamerasi 100 megapikselga teng bo‘ladi

1 daqiqa o‘qish46 396 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Xiaomi Today

Xiaomi kompaniyasi fevral oyida o‘zining yangi Mi 10 va Mi 10 Pro flagmanlarini taqdim etgandi. So‘nggi model ishlab chiqaruvchining eng kuchli smartfoni bo‘lib qolmoqda. Biroq tez orada bunga o‘zgartirish kiritiladi, kompaniya bundanda kuchliroq Xiaomi Mi 10 Pro+ ustida ish boshladi, deb xabar beradi Gizchina.

Foto: Xiaomi Today

Xitoylik manbalarning ma’lum qilishicha, Mi 10 Pro+ Look beyond the world (“Dunyodan tashqariga qarang”) shiori ostida ilgari suriladi. Qurilmaning asosiy kamerasi 100 megapikselga teng bo‘ladi va 12 marotaba yaqinlashtiruvchi optik zumni qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilma ichidan Snapdragon 865 protssesori o‘rin oladi. Hozircha smartfonga sig‘imi qanchaga teng akkumulyator o‘rnatilishi noma’lum, biroq ta’kidlanishicha, u 65 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega bo‘ladi.

Xiaomi Mi 10 Pro+ qachondan boshlab ishlab chiqarilishiga ham aniqlik kiritilmagan. Mish-mishlarga ko‘ra, vendor Snapdragon 865 bazasidagi 5 ta yangi smartfonni 2020-yilning ikkinchi yarmida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, kompaniyaning yangi qurilmalar orasidan MediaTek Dimensity 1000 gadjeti ham o‘rin oladi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar