O‘zbekistonda 6-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 78 nafar odamda koronavirus infeksiyasi aniqlandi va kasallanganlarning umumiy soni 10 362 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.
Yangi kasallanish holatlarining
- 33 tasi karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
- 29 tasi Toshkent shahrida aholi orasida;
- 16 tasi Namangan viloyatida (shundan 4 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 tasi aholi orasida, 2 tasi esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida) aniqlangan.
6-iyul kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 62 nafar, Jizzax viloyatida 22 nafar, Qoraqalpog‘istonda 8 nafar, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida 7 nafardan, jami 106 nafar bemor tuzalgan. Ayni paytga qadar 6628 nafar (+106) koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (64 foiz) sog‘aygan. 3697 nafar bemor tibbiyot muassasalarida davolanishni davom ettirmoqda.
Mavzuga doir: Alisher Shodmonov O‘zbekistonda koronavirus hali eng yuqori cho‘qqisiga chiqmaganini aytdi