Boliviya sog‘liqni saqlash vazirida koronavirus aniqlandi
Boliviya sog‘liqni saqlash vaziri Eydi Roka koronavirusga chalindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Janin Anyes o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.
“Koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqqan sog‘liqni saqlash vazirini qo‘llab-quvvatlayman. Virusga qarshi kurash dam olishlarsiz davom etmoqda, vazirga tezroq sog‘ayishini tilab qolaman”, — deb yozadi Boliviya prezidenti.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Boliviyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 38 071 kishiga yetgan. Hozirga qadar bemorlarning 11 272 nafari sog‘aygan, 1378 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.
Bunga qadar Isroil va Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirlarida ham koronavirus aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: Trampning maslahatchisida koronavirus aniqlandi. U prezident o‘g‘lining sevgilisi hisoblanadi