Daryo

Isroil sog‘liqni saqlash vazirida koronavirus aniqlandi

Vazir tibbiy tavsiyalarga rioya qilgan holda uydan ishlashni davom ettiradi

1 daqiqa o‘qish62 536 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP Photo

Isroil sog‘liqni saqlash vaziri Yaakov Lisman hamda uning turmush o‘rtog‘ida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Kan radiostansiyasiga tayanib “RBK”.

Foto: AP Photo

Vazir tibbiy tavsiyalarga rioya qilgan holda uydan turib ishlashni davom ettiradi.

Ta’kidlanishicha, Lisman hamda uning turmush o‘rtog‘i o‘zlarini yaxshi his qilmoqda va nazorat ostida izolyatsiyada qoladi. Vazir bilan so‘nggi ikki hafta ichida muloqot qilganlar uy karantiniga yuboriladi.

Avvalroq Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu fuqarolardan jamoat joyi va ko‘chalarda yurganda niqob taqishni so‘ragan edi. Isroil hukumati mamlakatga kiruvchi barchani karantinga joylashtirish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Mavzuga doir:  Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Ispaniya bosh vazirining rafiqasida, AQShdagi respublikachi kongressmenda, Braziliya Senati raisida, Monako knyazida hamda Rossiya prezidenti bilan ko‘rishgan shifokorda ham koronavirus aniqlangan edi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar