Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumani hokimligi hududdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“So‘nggi kunlarda Qamashi tumanida bir necha fuqarolarda koronavirus infeksiyasi qayd etilganligi to‘g‘risida turli xabarlar tarqalmoqda. Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda bir necha fuqarolar kuchaytirilgan tibbiy nazoratga olingan. Ulardan koronavirusga test olingan. Olingan analiz natijalari mutaxassislar tomonidan tahlil qilinmoqda.

Bugun tibbiy nazoratda bo‘lgan bir nechta fuqarolardan koronavirusga olingan test ma’lumotlariga aniqlik kiritildi.

Viloyat kengashiga Qamashi tumanidan saylangan deputat Lola Saodatovadan olingan tibbiy xulosalarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilmagani tasdiqlandi”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Qashqadaryo viloyatida jami 202 ta kasallanish holati qayd etilgan: epidemiya boshlanganidan beri 4-iyul holatiga ko‘ra, 119 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan tuzalgan (bu haqda 2-iyul kuni xabar qilingan), 1 kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan, 182 nafar odam davolanishni davom ettirmoqda. 3-iyul kuni Qashqadaryoning G‘uzor tumani va viloyatdagi 17 ta mahalla “qizil” hudud deb e’lon qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi