Toshkentda yashovchi 45 yoshli Z.da bir necha kun davomida koronavirus infeksiyasi alomatlari sezilib, tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik kuzatilgan, deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Xabarda qayd etilishicha, bemor kasallik alomatlariga qaramay shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilmagan, uy sharoitida davolanishda davom etgan.
Oqibatda 2020-yilning 30-iyun kuni Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga o‘ta og‘ir holatda, o‘tkir nafas yetishmovchiligi bilan olib kelinib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Bemorga yurak ishemik kasalligi, o‘tkir yurak va nafas yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya dastlabki tashxisi qo‘yilgan.
Uning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli malakali shifokorlar va yetakchi mutaxassislar tomonidan kerakli maslahat va telemeditsina orqali bir necha bor konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.
Biroq shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.
Bungacha O‘zbekistonda 32 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:
- 27-mart kuni Namangan viloyatida Umradan qaytgan qizidan koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan (uning janozasida qarindoshlaridan hech kim ishtirok etmagan);
- 28-mart kuni Toshkent shahrida o‘zini uyda davolashga uringan 39 yoshli (erkak) shifokor koronavirus infeksiyasidan;
- 7-aprel kuni koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak yurak va o‘pka yetishmovchiligidan;
- 11-aprel kuni esa xorij safaridan koronavirusga chalinib qaytgan farg‘onalik 59 yoshli ayol o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi oqibatida;
- 14-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 73 yoshli Sh. yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
- 18-aprel kuni Toshkent shahrida 77 yoshli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari — ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan;
- 22-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 54 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
- 24-aprel kuni Angrenda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan;
- 29-aprel kuni Toshkentda 61 yoshli G. ismli bemor o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;
- 3-may kuni Namanganda M. ismli koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
- 13-may kuni Samarqandda koronavirusga chalingan O‘. ismli ikkinchi guruh nogironi o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
- 17-may kuni koronavirusga chalingani Surxondaryoda aniqlangan sirdaryolik I. ismli haydovchi yurak-qon tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;
- 18-may kuni koronavirusga chalingan samarqandlik bemor yurak-qon tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;
- 26-may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashagan va koronavirusga chalingan 63 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
- 31-may kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 63 yoshli X. ismli ayol bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;
- 3-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 72 yoshli M. ismli erkak o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan;
- 6-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 70 yoshli Sh. ismli erkak miya shishi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
- 8-iyun kuni Toshkentda koronavirusga chalingan 76 yoshli X. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
- 10-iyun kuni Toshkentga Sankt-Peterburgdan charter reysda kelgan samarqandlik A. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;
- 25-iyun kuni Denov shahrida yashagan 59 yoshli B.X. ismli ayol yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (ushbu bemor 20-iyunda vafot etgani haqida Denov tumani hokimi 21-iyun kuni ma’lum qilgandi);
- 28-iyun kuni Toshkentda A.U. ismli shifokor miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan (ushbu bemor 26-iyun kuni vafot etgan);
- 28-iyun kuni Toshkentda 42 yoshli D.X. ismli erkak bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;.
- 29-iyun kuni Buxoroda 58 yoshli M.S. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
- 29-iyun kuni Jizzax viloyatida 72 yoshli Q.R. ismli erkak o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan
- 30-iyun kuni Jizzax viloyatida 70 yoshli F.O. ismli ayol o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;
- 30-iyun kuni Toshkentda qoraqalpog‘istonlik 62 yoshli B.Y. ismli erkak o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan
- 1-iyul kuni Qashqadaryoda 64 yoshli S.H. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan (u 29-iyun kuni olamdan o‘tgan);
- 3-iyul kuni Toshkentda 59 yoshli G‘.B. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (u 2-iyul kuni olamdan o‘tgan);
- 3-iyul kuni Toshkentda saraton kasalligidan davolanib kelgan 77 yoshli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan;
- 4-iyul kuni Toshkentda 65 yoshli erkak V.M. o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan (u 3-iyul kuni vafot etgan);
- 4-iyul kuni Buxoroda 35 yoshli D.Sh. o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etgan;
- 5-iyul kuni 71 yoshli M.G. (ayol) o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.
Izoh (0)