O‘zbekistonda 5-iyun soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84 kishiga ko‘payib, mamlakatda umumiy kasallanganlar soni 10 020 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanganlarning

16 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;

27 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida);

22 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida);

19 nafari Samarqand viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) aniqlangan.

O‘zbekistonda 5-iyun soat 09:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 121 kishiga, soat 17:00 holatiga ko‘ra esa 107 kishiga ko‘paygani va mamlakatda umumiy kasallanganlar soni 9936 nafarga yetgani haqida xabar qilingan. Shu tariqa kun davomida jami 312 ta yangi kasallanish holati qayd etildi.

Kun davomida Toshkentda 71 yoshli  onaxon45 yoshli erkak va 49 yoshli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgani e’lon qilindi. Epidemiya boshlanganidan beri jami 34 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

SSV bergan xabarga ko‘ra, 5-iyul kun davomida jami 159 nafar fuqaro kasallikdan forig‘ bo‘lgan.