Habib Nurmagomedovning azaliy raqibi — UFС’ning ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregor Abdulmanap Nurmagomedovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Foto: Twitter

“Ota, murabbiy va sport fidoyisi vafot etdi. Hamdardlik bildiraman, alvido Abdulmanap Nurmagomedov”, — deya yozib qoldirgan Makgregor Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Abdulmanap Nurmagomedov 3-iyul sanasida vafot etdi.

Ma’lumot uchun, u 1962-yil 10-dekabrda Dog‘istonda tug‘ilgan. Dzyudo va sambo bo‘yicha Ukraina chempioni. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy. Jangovar sambo bo‘yicha Dog‘iston terma jamoasi katta murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!