1569-yil 1-iyul sanasidagi parlament yig‘ilishida Polsha Qirolligi va Litva knyazligi deputatlari ikki davlat birlashuvi haqidagi aktni ma’qulladi. “Daryo” aynan shu kuni Sharqiy Yevropada tashkil topgan, o‘z davrining eng kuchli va demokratik davlatlaridan biri bo‘lgan Rechpospolitaya haqida hikoya qiladi.

Rechpospolitayaning tashkil topishi

XVI asr boshlariga kelib Buyuk Litva knyazligining parchalanishi barchaga ayon bo‘lib ulgurdi. 1522-yilda Moskva bilan muvaffaqiyatsiz kechgan urushdan keyin u o‘z hududining katta qismini boy berdi: Chernigov va Starodubskiy knyazliklari (hozirgi Ukrainaning shimoli-sharqiy qismi) Moskva buyuk knyazi Vasiliy III qo‘l ostiga o‘tdi.

Lyublin uniyasi, 1569-yil. Kartina Yan Mateyko tomonidan uniyaning 300 yilligi sharafiga 1869-yilda chizilgan.

Foto: Wikipedia

Shundan so‘ng zaiflashgan Litvaga boshqa qo‘shni davlatlar tomonidan hujumlar uyushtirila boshladi. 1549 va 1552-yillarda Litva Qrimdan kelgan ulkan tatar qo‘shinlarini bostira olmadi. XVI asrning birinchi yarmida asta-sekin o‘sib borgan inqiroz 1562–1570-yillarda yana bir bor Moskva bilan harbiy mojarolar boshlangan paytda o‘z cho‘qqisiga chiqdi. Mashaqqatli kechgan Livoniya jangi yurishida litvaliklar o‘zlarining davlatchiligini yo‘qotish va Ivan IV ning qo‘l ostiga o‘tib ketish xavfi mavjud edi.

Bu vaziyatda ular allaqachon uzoq vaqtdan beri aloqalari bo‘lgan polyaklarga murojaat qiladi. Ushbu ikki davlat birlashuvi 1385-yilda litvalik knyaz Yagaylo polyak qirolichasi Yadviga uylanib, Polsha qiroli deb e’lon qilingandan so‘ng, Krev birlashuvi imzolangandan keyin yuz berdi. Ushbu voqea oddiygina tarixiy voqea emas edi, 1413-yilda Gorodel ittifoqi ikki davlatning birlashishga bo‘lgan istagini tasdiqladi.

Bularning barchasini hisobga olgan holda polyaklar ma’lum bir shartlar asosida litvaliklarga harbiy hamda siyosiy yordam va’da qildi. Ulardan birinchisi va eng asosiysi shu vaqtga qadar umumiy monarxning ramziy figurasi bilan bog‘langan Polsha va Litva birlashishi kerak edi. Ta’kidlash joizki, Litvaning bunday istiqboli hammaga ham ma’qul kelmadi. Litva zodagonlariga Polsha bilan to‘liq birlashish va o‘z o‘rnini Polshaning birinchi raqamli shaxslariga bo‘shatib berish yoqmadi. Ammo Buyuk knyazlikning o‘rta va kichik zodagonlari o‘z magnatlarining hukmronligiga to‘g‘ri kelmas edi va Polsha zodagonlari bilan teng huquqli foydalanishlaridan umid qilib, polshaliklarning taklifini qo‘llab-quvvatladillar.

Foto: Wikipedia

1569-yil qirol Sigizmund Avgust Lublinda Seym yig‘ilishi tashkil qildi, u yerda keskin va dramatik kurash kechdi. Tarozi pallasi o‘z tomoniga og‘mayotganini ko‘rgan Krishtof Radsvill va Konstantin Ostorskiy boshchiligidagi Buyuk knyazlik magnatlari yig‘ilishni tark etdi. Bunga javoban Polshaga xayrixohlik bildirgan Podoliya, Voliniya va Polesiya kabi kichik hududlar Polshaga qo‘shilishi e’lon qilindi. Shu yo‘l bilan isyonkor magnatlar yig‘ilishga qaytarildi. Natijada iyun oyi yakunida birlashish akti tuzilib, 1-iyul sanasida Polsha va Litva deputatlari tomonidan alohida ma’qullandi. Aynan shu sanadan boshlab Yevropada yangi – Rechpospolitaya davlati tashkil topdi.

Ilk demokratik polyak respublikasi rivojlanishi

Yevropada yagona bo‘lgan bu siyosiy tizim szlachta (zodagon sinf) tomonidan hokimiyatni boshqa ijtimoiy sinflari va monarxiya siyosiy tuzumi ustidan nazorati mustahkamlanishi natijasida tashkil topgan. O‘sha vaqtlarda oliy tabaqa vakillari szlachtani hokimiyatdan ag‘darolmaydigan darajada imtiyozlar to‘plagan edi.

Ikki millatning hamdo‘stligi siyosiy doktrinasi “bizning davlatimiz qirol boshchiligidagi respublikadir” edi. Kansler Jan Zamoyskiy “Rex regnat et non gubernat” (“Qirol hukmronlik qilmoqda, ammo u boshqarmaydi”) so‘zlarini aytib, bu ta’limotga yakun yasadi.

Hamdo‘stlikda parlament, Seym, shuningdek, Senat va saylangan qirol bor edi. Amaldagi qirol qirol Genrixning aqidasida ko‘rsatilgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga va saylangan paytida kelishilgan pakta konvensiyalarini hurmat qilishga majbur edi. Har bir yangi qirol Polsha siyosiy tizimining asosi bo‘lgan va diniy bag‘rikenglikni deyarli misli ko‘rilmagan kafolatlarini o‘z ichiga olgan qirol Genrix aqidalariga bo‘ysunishga majbur edi.

Vaqt otishi bilan qirol Genrix qarashlari tanlangan qirollar tomonidan qabul qilingan aniq va’dalar pakta konvensiyasi bilan birlashtirildi. Shundan so‘ng qirollar zodagonlar bilan samarali sherikchilik yuritdi, ammo ular senatorlar nazoratida edi.

Foto: Wikipedia

Hamdo‘stlik davlatining siyosiy tizimi “Oltin Ozodlik” quyidagilarni o‘z ichiga olgandi:

  • Ishtirok etishni xohlagan zodagonlarga qirol saylash huquqi, bu “wolna elekcja”, ya’ni erkin saylov nomini oldi;
  • Seym – qirol tomonidan har ikki yilda bir o‘tkazilishi kerak bo‘lgan parlament yig‘ilishi;
  • Pakta konvensiyasi (lotin) – saylangan qirollar bilan muzokaralar, shu jumladan, qirol Genrixning avvalgi maqolalarida olingan qirol uchun majburiy bo‘lgan huquqlar loyihasi;
  • Szlachta huquqi – ularning kafolatlangan erkinliklarini buzgan shohga qarshi qonuniy isyon ko‘tarish huquqi;
  • Varshava Konfederatsiya aktida kafolatlangan diniy erkinlik;
  • Liberum veto (lotin) – shaxsiy yer mulkdorining Seym qabul qilgan qarorga qarshi chiqish huquqi;
  • Konfederacja, ya’ni umumiy siyosiy maqsadni yoyish maqsadida tashkilot tuzish huquqi.

To‘g‘ri, bu tizimni odatiy tizimlar qatoriga kiritish qiyin, ammo uni quyidagilar aralashmasi sifatida ko‘rish mumkin edi:

  • O‘z hududlarining avtonomiyasini hisobga olgan holda konfederatsiya va federatsiya. Ammo bu davlatni yo konfederatsiya yo federatsiya deya tasniflash qiyin, chunki bu ikkisining ham o‘ziga xos xususiyatlari bor edi;
  • Bunga sabab qilib faqatgina erkaklar va aholining 15 foizi siyosiy huquqlarga ega edi;
  • Chunki barcha zodagonlarning huquq va imtiyozlari teng edi va Seym qirolga muhim masalalarda, jumladan, qonunchilik (yangi qonunlarni qabul qilish), tashqi ishlar, urush e’lon qilish va soliq solish (amaldagi soliqlarni o‘zgarishi yoki yangi soliqlar solish) bo‘yicha veto qo‘yishi mumkin edi. Shuningdek, ushbu siyosiy huquqlardan bahramand bo‘lgan aholining 10 foizi ushbu qit’aning boshqa davlatlariga qaraganda ko‘proq edi. Zodagonlar qudratli knyazlardan tortib, kambag‘al ritsarlargacha edi. Taqqoslash uchun 1832-yilda Buyuk Britaniyada voyaga yetgan 14 foiz aholi, Fransiyada esa 1831-yil aholining atigi bir foizigina ovoz berish huquqiga ega edi.
  • Saylovchilar monarxiyasi, zodagonlar tomonidan saylangan monarx davlat rahbari edi;
  • Konstitutsion monarxiya: monarx pakta konvensiyasi va boshqa qonunlarga bo‘ysunishga majbur, zodagonlar esa qirolning qonunga xilof deb bilgan har qanday farmonlariga bo‘ysunmasligi mumkin edi.

Foto: Wikipedia

Bu Yevropaning kuchli mamlakatlarida absolyutizm rivojlanayotgan asrda kuchli aristokratiya va kuchsiz qirol bilan ajralib turadigan istisno edi, ammo istisno ba’zi zamonaviy qadriyatlarga ajoyib o‘xshashlik bilan ajralib turardi. Aksariyat Yevropa davlatlari markazlashtirish, mutlaq monarxiya va diniy-sulolaviy urushga yo‘naltirilgan bir paytda ushbu mamlakat markazsizlashtirish, konfederatsiya va federatsiya, demokratiya, diniy bag‘rikenglik va hatto pasifizmni sinab ko‘rdi. Seym, odatda, monarxning urush rejalariga veto qo‘yganligi sababli bu demokratik tinchlik nazariyasi uchun muhim dalil edi.

Mirjalol Qosimov tayyorladi.