Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov otasining o‘limi sabab onlayn konferensiyani bekor qildi.
Yakkakurashchi ishtirokida 4-iyul kuni Xalqaro meltimediya matbuot markazida videokonferensiya o‘tkazish rejalashtirilgandi.
Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Abdulmanap Nurmagomedov vafot etganini ma’lum qilgandi. Mutaxassis may oyining boshlarida Moskvadagi shifoxonaga joylashtirilgandi. Unda koronavirus borligi aniqlangan, shuningdek, Nurmagomedovlarning kattasida yurak bilan muammolar kuzatilgan.
Avvalroq Habib otasining ahvoli haqida xabar bergan va unda koronavirus ortda qolgan, biroq vaziyat jiddiy ekanini ta’kidlagandi.
Ta’kidlanishicha, Abdulmanap Nurmagomedov ikki bor insultni boshdan kechirgan va koma holatidan chiqa olmagan.
Izoh (0)