Tataristondagi shahardan birida Maserati Quattroporte egasi yo‘llardagi o‘nqir-cho‘nqirliklar sabab mahalliy hukumatdan sud orqali 527 ming rubl (7300 dollar) undirdi. Maserati egasi 2019-yilning martida shahar yo‘lidagi “yama”ga tushib ketib, mashinasiga shikast yetkazgan. Haydovchi YTH holatini qayd etib, munitsipalitetni sudga bergan, deb xabar qiladi Motor.

Foto: Platesmania

Mashina egasining buyurtmasiga ko‘ra, tekshiruv o‘tkazgan ekspertiza Maserati sedaniga yetkazilgan zararni 754 ming rublga baholagan. Biroq Naberejnie Chelnov shahrining ijro qo‘mitasi yetkazilgan zarar miqdoriga qo‘shilmagan va mashinaning buzilishiga yo‘ldagi “yama” sabab bo‘lganiga shubhalangan. Shu bois sud tomonidan qayta ekspertiza belgilangan.

Ikkinchi ekspertiza avtomobilga shikast aynan ushbu “yama” orqali yetkazilganini ko‘rsatgan va uni qayta ta’mirlash 770 ming rublga tushishini baholagan. Biroq da’vogar birinchi ekspertiza xulosasi bo‘yicha yetkazilgan zarar qoplab berishilishi talab qilgan.

Sud haydovchi YTHga uchramaslik uchun barcha choralarni ko‘rmagan deya qaror qilib, Maserati egasini ham sodir bo‘lgan voqeada qisman aybdor deb topgan. Da’vogarning aybdorlik darajasi 30 foiz etib belgilangan va Rossiya hukumati Maserati egasining foydasiga 527 868 rubl to‘lash majburiyatini yuklagan.