• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh prokuratura: Andijonda IIB xodimlari qiynoqlardan vafot etgan fuqaroga u qimmatbaho toshni olganiga iqror bo‘lishi uchun zo‘rlik ishlatgan

    Andijon shahar IIO FMB 4-sonli IIB xodimlari fuqaro A.Abdukarimovni yarim tunda uyidan mashinaga majburlab o‘tkazib olib kelib, u qimmatbaho “Rubin” toshini olganligini bo‘yniga olishi uchun unga zo‘rlik ishlatgan; fuqaro ushbu jarayon davomida olgan tan jarohatlari oqibatida 11-iyun kuni vafot etgan. Bu haqda Xalqaro press-klubning 1-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov ta’kidlab o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

    Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

    Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    30-may kuni Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga Andijon shahar “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Abdukarimov tan jarohatlari bilan kelib tushgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, shu kunning o‘zida Andijon shahar Ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) 4-son ichki ishlar bo‘limi (IIB) xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Mavzuga doir: Andijonda fuqaro o‘lar darajada qiynoqqa solingan IIBning boshlig‘i ham qamoqqa olindi

    “Aniqlanishicha, fuqaro A.Sotvoldiyev ‘Rubin’ qimmatbaho toshini olib qaytarib bermayotgan A.Abdukarimovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, IIBga yozma ravishda murojaat qilgan. Mazkur murojaat yuzasidan tekshirish o‘tkazayotgan Andijon shahar IIO FMB 4-son IIB jinoyat-qidiruv guruhi uch nafar tezkor vakili 29-may kuni soat taxminan 22:00 larda fuqaro A.Abdukarimovning yashash xonadoniga borib, o‘zlariga qonun bilan berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqadigan harakatlarni qasddan sodir etgan. Jumladan, ular A.Abdukarimovni avtomashinaga majburlab o‘tkazib, 4-son IIBning ma’muriy binosiga olib kelgan va yuqorida ko‘rsatilgan qimmatbaho toshni olganligi haqida iqrorlik ko‘rsatuvi berishga majburlash maqsadida zo‘rlik ishlatib bosim o‘tkazgan”, — dedi Hayot Shamsutdinov.

    Bosh prokuratura matbuot kotibining ta’kidlashicha, IIB xodimlari fuqaro A.Abdukarimovni 30-may kuni tong soat 06:00 ga qadar bo‘limda noqonuniy ushlab turib, uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan. Abdukarimovning sog‘lig‘i yomonlashib, hushini yo‘qotganligi sababli, u IIBdan Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga olib kelingan.

    Ish bo‘yicha o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasida A.Abdukarimov og‘ir tan jarohati olganligi ko‘rsatilgan. Jabrlanuvchiga shifokorlar tomonidan barcha tibbiy yordamlar ko‘rsatilgan bo‘lishiga qaramay, u olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida 11-iyun kuni vafot etgan. Mazkur jinoyat ishi 16-iyun kuni Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi ish yurituviga olingan.

    “Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Natijasi haqida qo‘shimcha ravishda axborot beriladi”, — deya qo‘shimcha qildi Hayot Shamsuddinov.

    Mavzuga doir: Andijonda IIB xodimlarining qiynog‘idan so‘ng vafot etgan fuqaroning singlisi: “Akam qimmatbaho tosh mojarosi qurboni bo‘ldi”

    01.07.2020, 11:20   Izoh (0)   69832
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda tug‘ilgan ikki boshli chaqaloqdan uning oilasi voz kechdi (video)

    01.07.2020, 11:08

    Andijonda fuqaro o‘lar darajada qiynoqqa solingan IIBning boshlig‘i ham qamoqqa olindi

    01.07.2020, 10:57

    Moliya vazirligida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi

    01.07.2020, 10:53

    Toshkent, Buxoro, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda aholi orasida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 8627 kishiga yetdi

    01.07.2020, 10:09

    Andijonda bug‘doydan bo‘shagan ekin maydoniga o‘t qo‘yildi

    01.07.2020, 09:52

    2019-yilda kirish imtihonlaridan “yiqilgan” 79 yoshli otaxon bu yil ham talabalikka hujjat topshirdi

    01.07.2020, 08:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada politsiyachilar nohaq ayblangan odamning qabriga borib, uzr so‘radi

    Dunyo | 26 avgust, 16:50

    Noqonuniy sigaretalar ichida nima bor? Tahlil natijalari hayratlanarli

    Toshkent sh. | 26 avgust, 16:30

    Migratsiya agentligining ikki xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 16:37

    Dubay shayxidan qochib ketgan malika Hayya bintu al-Husayn hozirda qanday hayot kechirmoqda?

    Layfstayl | 26 avgust, 16:35

    Ilon Mask Apple va OpenAI kompaniyalarini sudga berdi

    Dunyo | 26 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 16:11

    Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaning “An-Nahda” ordeni bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 16:02

    Toshkentdagi klinikada 9 yoshli bola burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 15:53

    Dunyoda har 4 kishidan biri toza ichimlik suvi yetishmovchiligidan aziyat chekadi — BMT hisoboti

    Dunyo | 26 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.