So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12315
    • RUB 138.99
    • EUR 13489.85
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +13°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    AQSh Eronni yadro quroliga ega bo‘lishdan to‘xtatish uchun kuch ishlatishi mumkinligi ma’lum qilindi

    01.07.2020, 21:56 15635

    AQSh hech qachon Eronga yadro quroliga ega bo‘lishga imkon bermaydi va buning uchun kuch ishlatishga ham tayyor. Bu haqda AQShning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Xuk ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”

    Foto: “13news”

    Foto: “13news”

    “Prezident Tramp ularning yadro quroliga ega bo‘lishiga hech qachon imkon bermaydi”, — dedi Xuk. Uning ma’lum qilishicha, buning uchun amerikaliklarning stolida har doim Eronga qarshi harbiy harakatlar ssenariysi turadi.

    Xukning qo‘shimcha qilishicha, u Eronga qurol yetkazib berishga qo‘yilgan taqiq uzaytirilishga umid qilmoqda. Uning umid bildirishicha, Rossiya va Xitoy “barqaror Yaqin Sharqni xohlagani” uchun bu chorani qo‘llab-quvvatlaydi.

    Iyun oyining boshida AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Eron hukumati yadro quroli olish uchun zarur elementlarni olishga urinayotganini, biroq buning aksini tasdiqlayotganini ma’lum qilgan.

    AQSh 1970-yillardan buyon Eronga qarshi sanksiyalar joriy qiladi. 2015-yilda tuzilgan yadro kelishuviga ko‘ra, Eron o‘z yadro dasturining bir qismini to‘xtatgan, Vashington esa sanksiyalarning bir qismini olib tashlagan. Keyinroq Tramp administratsiyasi Eron o‘z rejalaridan voz kechmagan deb hisobladi va bosqichma-bosqich sanksiyalarni qayta tiklashni boshladi. 2018-yilning noyabrida AQSh cheklovlarni to‘liq qayta tikladi. Shu yilda AQSh yadro kelishuvidan chiqdi.

    Avvalroq Eron Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun Trampni qamoqqa olish haqida order bergani va Interpolga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.

    Eslatib o‘tamiz, Trampning buyrug‘iga ko‘ra, 2020-yilning 3-yanvar kuni general Qosim Sulaymoniy Bag‘dodda o‘ldirilgan. AQSh prezidenti Sulaymoniyni terrorchi deb atagan, Eron generalning o‘limi uchun o‘ch olishga va’da bergan. Bu voqea ortidan Eron 2015-yil iyulida imzolangan yadroviy kelishuvdan to‘liq chiqqanini e’lon qildi.

    8-yanvarga o‘tar kechasi Eron AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa zarbalari bergan. Raketa zarbalari berish chog‘ida Tehrondan havoga ko‘tarilgan “Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasining Boeing 737 samolyoti xatolik sababli urib tushirilgan. Samolyot bortida bo‘lgan 176 kishi halok bo‘lgan.

    Shundan so‘ng, AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi. Eronda esa Trampni o‘ldirish uchun 3 million dollar mukofot e’lon qilindi.

    Keyinroq Eronda general Sulaymoniyning ortidan josuslik qilishda ayblangan fuqaro o‘limga hukm qilindi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    FVV o‘zini “pojarniy” xodimi deb tanishtirib, fuqarolardan yillik to‘lov undirayotgan firibgarlardan ogohlantirdi

    Bugun, 17:06

    Imzo Surxondaryo viloyatida yangi franshiza fabrikasini ochdi

    Bugun, 16:30
    Reklama

    Burkina-Fasoda jangarilar 40 nafar tinch aholini o‘ldirdi

    Bugun, 17:05

    Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

    Bugun, 16:53

    “Qozog‘iston Yevropani Xitoy tovarlari bilan ta’minlamoqda” — Smailov

    Bugun, 16:37

    O‘zbekiston Isroilni Golan tepaliklarini tark etishga va 1967-yilgi chegaralariga qaytishga chaqiruvchi rezolyutsiyaga ovoz berdi

    Bugun, 16:27

    O‘zbekistonda korrupsiya eng ko‘p uchrayotgan sohalar maʼlum qilindi

    Bugun, 16:22

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastladi

    Bugun, 16:12

    “Real” Karlo Anchelotti bilan shartnomani uzaytiradi

    Bugun, 16:03

    “Biz elektromobillarning ko‘payishini qo‘llab-quvvatlaymiz” — Jo‘rabek Mirzamahmudov

    Bugun, 15:58

    Tavsiya etamiz

    Marsda yashashga tayyorgarlik, chiqindi qutisini titayotgan yigit, go‘zallik ma’budasi tug‘ilgan joy — 28-noyabr suratlari

    23:00 / 28.11.2023

    Uylariga qaytayotgan falastinliklar, butun boshli shaharni vayron qilgan to‘fon, Yangi yilga bezatilgan Oq uy — 27-noyabr suratlari

    23:00 / 27.11.2023

    Falastinliklar uchun ommaviy qabr, mehmonxonaga joylashgan kurkalar, Shukronalik kuniga bag‘ishlangan parad — hafta suratlari

    22:00 / 26.11.2023

    “15 sutkaga tiqasan, kimi kelsa ham chiqarmaysan”. Termiz hokimi qonun himoyachilarining ko‘z o‘ngida O‘zbekiston qonunlarini oyoqosti qildi

    17:00 / 26.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.