Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 20-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 kishiga ortib, 6025 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 70 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Toshkent viloyatida — xorijdan chegara post orqali mamlakatga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 4273 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (70 foiz) sog‘aygan, 1733 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Mamlakatda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon hozirga qadar 19 nafar fuqaro kasallik asoratlaridan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 19-iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 179 ta yangi holat qayd etilgan va ahvoli og‘ir bemorlar soni ko‘paygan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda